Kontent qismiga oʻtish

Micheline Calmy-Rey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Micheline Calmy-Rey
Shveytsariya Prezidenti
Mansab davri
2011-yil 1-yanvardan – 2011-yil 31-dekabrgacha
Vitse-prezident Eveline Widmer-Schlumpf
Oʻtmishdoshi Doris Leuthard
Vorisi Eveline Widmer-Schlumpf
Mansab davri
2007-yil 1-yanvardan – 2007-yil 31-dekabrgacha
Vitse-prezident Pascal Couchepin
Oʻtmishdoshi Moritz Leuenberger
Vorisi Pascal Couchepin
Shveytsariya vitse-prezidenti
Mansab davri
2010-yil 1-noyabrdan – 2010-yil 31-dekabrgacha
Prezident Doris Leuthard
Oʻtmishdoshi Moritz Leuenberger
Vorisi Eveline Widmer-Schlumpf
Mansab davri
2006-yil 1-yanvardan – 2006-yil 31-dekabrgacha
Prezident Moritz Leuenberger
Oʻtmishdoshi Moritz Leuenberger
Vorisi Pascal Couchepin
Shveytsariya tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2003-yil 1-yanvardan – 2011-yil 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Joseph Deiss
Vorisi Didier Burkhalter
Shveytsariya federal kengashi a’zosi
Mansab davri
2003-yil 1-yanvardan – 2011-yil 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Ruth Dreifuss
Vorisi Alain Berset
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-iyul 1945-yil (1945-07-08) (78 yosh)
Sion

Micheline Anne-Marie Calmy-Rey (talaffuzi: Mishlen Kalmi-re, 8-iyul 1945) – Shveysariya Prezidenti (2007 va 2011-yilda)[1][2][3][4][5]

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalmi-Rey 1945-yil 8-iyulda Vale kantonidagi Sion shahrida Charles va Adeline Rey oilasida tugʻilgan. 1963-yilda Sen-Morisda diplom va 1968-yilda Jenevadagi Xalqaro tadqiqotlar oliy institutida siyosatshunoslik boʻyicha magistr darajasini oldi. Oʻqish paytida Andrea Calmyga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandi bor.

Kalmi-Rey kitob tarqatish biznesida kichik korxona tashkil qildi. 1981-yildan 1997-yilgacha Kalmi-Rey Jeneva kantonining Buyuk Konselida sotsial-demokratik partiya (PSS/SPS) aʼzosi sifatida vakil boʻlib ishlagan va 1992—1993-yillarda assambleya prezidenti boʻlgan. 1986-yildan 1990-yilgacha va yana 1993-yildan 1997-yilgacha partiyaning Jeneva boʻlimi prezidenti boʻlgan. 1997-yilda Calmy-Rey Jeneva Konseli aʼzoligiga saylandi. 2001-yilda moliya boʻlimi boshligʻi va kantonning Davlat kengashi prezidenti boʻldi[6].

2002-yil 4-dekabrda Federal Kengashga saylangan, 2003-yildan 2011-yilgacha Federal Tashqi ishlar departamentini boshqargan. Tarixda Federal Kengashga saylangan toʻrtinchi ayoldir. 2005-yilda Shveysariya vitse-prezidenti etib saylandi. 2006-yil va 2010-yil kalendar yilida egallagan.

Calmy-Rey Shveysariyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlaydi va u Serxio Vieira de Mello jamgʻarmasining taniqli aʼzosidir. SAFFA-2020 loyihasida Doris Leythard, Simonetta Sommaruga va Eveline Widmer-Schlumpf bilan birga hamkorlik qilgan[7].

2016-yildan beri Kalmi-Rey demokratik yetakchilikni qoʻllab-quvvatlash, vositachilik yoʻli bilan nizolarni oldini olish va hal qilish hamda demokratik boshqaruv shaklida yaxshi boshqaruvni targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilot – Global Leadership Foundation boshqaruvi aʼzosi. U buni sobiq rahbarlarning tajribasini bugungi milliy liderlarga ehtiyotkorlik bilan va ishonchli tarzda taqdim etish orqali amalga oshiradi. Bu notijorat tashkilot boʻlib, sobiq hukumat rahbarlari, yuqori martabali hukumat va xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan iborat boʻlib, ular hukumat rahbarlari bilan oʻzlarini qiziqtirgan boshqaruv bilan bogʻliq masalalarda yaqindan hamkorlik qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.eda.admin.ch/eda/en/home/recent/media/mcom/single.html?id=17831 Swiss government press release on the natural gas agreement
  2. „Jewish Group Slams Swiss-Iran Gas Deal; U.S. Questions Switzerlandʻs Neutrality“ (Dutch). FoxNews (31-mart]] 2008). Qaraldi: 26-may]] 2015.
  3. „Swiss minister sparks veil outcry“. BBC News (20-mart]] 2008). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  4. President Jeremić attends a High-level Advisory Panel entitled: „The Future of the United Nations in a Changing World“, United Nations, press release of 25-fevral 2013.
  5. „President Calmy-Rey to retire from government“.
  6. Jensen, Jane S. „Micheline Calmy-Rey“ in Women as political leaders: breaking the highest glass ceiling, New York, NY: Palgrave Macmillan, ISBN 978-0-312-22338-0, p. 56
  7. „Patronat“ (de). 2020.ch. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.