Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy mamlakatini ifodalovchi ayollar assotsiatsiyasi futbol jamoasidir. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Mavrikiy Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi bir vaqtning oʻzida FIFA, Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) va Janubiy Afrika Futbol Uyushmalari Assotsatsiyasi (COSAFA) aʼzosidir. Mamlakatda va umuman Afrikada ayollar futbolini rivojlantirish qator muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatda 1997-yilgacha ayollar futboli dasturi yaratilmagan. FIFA Mavrikiy Futbol Assotsiatsiyasiga pul ajratadi. Bu mablagʻning 10 foizi mamlakatda ayollar futboli, sport tibbiyoti va futzal kabi sohalarda futbolni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu maqolada Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyin natijalar va toʻliq oʻyinlar roʻyxati keltirilgan[1].

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyini 2012-yilning 3-iyunida Sen-Denida „Reunion“ ayollar terma jamaosiga qarshi boʻlgan. Bu oʻyin 3:0 hisobidagi Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Javob oʻyini 2012-yilning iyulida Mavrikiyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi[2], ammo bu 2012-yilning noyabriga kechiktirildi. Uchrashuv 2012-yil 25-noyabrda Bambous shahrida boʻlib oʻtdi, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yana 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, ammo jamoa ulardan voz kechdi[3][4]. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilda Zimbabvening Xarare shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy Afrika Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi (COSAFA) ayollar turniriga kiritilgan, ammo Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqani tark etgan[4]. 2005-yilda Zambiya ayollar futboli boʻyicha COSAFA mintaqaviy turniriga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu turnirga bir qancha terma jamoalar: Janubiy Afrika Respublikasi, Zimbabve, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari yuborishga rozi boʻldi[5]. Turnir oxir-oqibat 2006-yilda boʻlib oʻtdi, ammo Mavrikiy oʻz terma jamoasini yubormadi[6]. Bundan tashqari, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2008-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishlari kerak edi, u yerda ular Zimbabve bilan dastlabki bosqichda oʻynashlari kerak edi. Ammo, Zimbabve terma jamoasi musobaqadan chiqib ketdi. Oʻsha turda Mavrikiy Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi bilan oʻynashi kerak edi, ammo Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi ham musobaqadan chiqib ketdi[3].

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[7].
Raqib terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi Konfederatsiya
 Botsvana 3 0 0 3 0 14 −14 0,00 CAF
Komoros bayrogʻi Komor orollari 1 0 0 1 0 3 −3 0,00 CAF
 Keniya 1 0 0 1 0 11 −11 0,00 CAF
Madagaskar 1 0 0 1 0 5 −5 0,00 CAF
Mayotte 1 0 0 1 0 5 −5 0,00
 Mozambik 1 0 0 1 0 3 −3 0,00 CAF
 Namibiya 1 0 0 1 0 8 −8 0,00 CAF
Reunion 3 0 0 3 2 8 −6 0,00 CAF
Rodrigues 3 3 0 0 7 1 +6 100.00
 Zambia 1 0 0 1 0 15 −15 0,00 CAF
Jami 17 3 0 14 9 76 −67 17.65

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan barcha oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011[tahrir | manbasini tahrirlash]

3-aprel, 2011-yil(2011-04-03) Oʻrtoqlik uchrashuvi Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 3-0 Rodrigues Bambous, Mavrikiy
Report

2012[tahrir | manbasini tahrirlash]

3-iyun, 2012-yil(2012-06-03) Oʻrtoqlik uchrashuvi Reyunion bayrogʻi Reyunon 3-0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Saint-Denis, Réunion
Report Stadion: La Redoute stadioni
25-noyabr, 2012-yil(2012-11-25) Oʻrtoqlik uchrashuvi Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 1-2 Reyunion bayrogʻi Reyunon Bambous, Mavrikiy
Report

2014[tahrir | manbasini tahrirlash]

26-oktyabr, 2014-yil(2014-10-26) Oʻrtoqlik uchrashuvi Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 1-0 Rodrigues Curepipe, Mavrikiy
Report

2015[tahrir | manbasini tahrirlash]

31-iyul, 2015 Madagaskar 5–0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Saint-Denis, Réunion
Report
4-avgust 2015 Reyunion bayrogʻi Reyunon 3–1 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Saint-Denis, Réunion
Report

2016[tahrir | manbasini tahrirlash]

5-mart, 2016-yil(2016-03-05) Afrika ayollar millatlar kubogi saralashi Botsvana bayrogʻi Botsvana 7-0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Lobatse, Botsvana
http://admin.cafonline.com/en-us/competitions/africanwomenchampionship, cameroon2016/MatchDetails?MatchId=WPTivX3Lt8Njs4BQJsHtGMl3X%2biBETRYIGHyObH4lib%2fRZAD3ZNwEBkNZXtbbKim Stadion: Lobatse stadioni
Hakam: Mercy Mziya (Malavi)
19-mart, 2016-yil(2016-03-19) Afrika ayollar millatlar kubogi saralashi Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0-4 [8]
(0-11 agg.)
Botsvana bayrogʻi Botsvana Curepipe, Mavrikiy
http://admin.cafonline.com/en-us/competitions/africanwomenchampionship, cameroon2016/MatchDetails?MatchId=bZTWLM5bDf8vGumMJBJeBEgFCqZ7lY9bkGbR8tVS4jJLQ8Tp7Zyv%2fTJ5uT0lJ6TT
Stadion: Stade George V
Hakam: Nirinjanahary Raharijaona (Madagaskar)

2017[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-sentabr 2017 COSAFA ayollar chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0–3 Eswatini bayrogʻi Esvatini Bulawayo, Zimbabwe
10:30 Report
Stadion: Luveve stadioni
16-sentyabr, 2017-yil(2017-09-16) COSAFA ayollar chempionati Keniya bayrogʻi Keniya 11-0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Bulawayo, Zimbabwe
10:30
Report Stadion: Luveve stadioni
18-sentyabr, 2017-yil(2017-09-18) COSAFA ayollar chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0-3 Mozambik bayrogʻi Mozambik Bulawayo, Zimbabwe
14:00 Report
Stadion: Luveve stadioni

2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

13-dekabr, 2018-yil(2018-12-13) Oʻrtoqlik uchrashuvi Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0-5 Mayotta bayrogʻi Mayotta Quatre Bornes, Mavrikiy
Report
17-dekabr, 2018-yil(2018-12-17) UFFOI chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0-3 Komoros bayrogʻi Komor orollari Quatre Bornes, Mavrikiy
Report
21-dekabr, 2018-yil(2018-12-21) UFFOI chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 3-1 Rodrigues Quatre Bornes, Mavrikiy
Report

2019[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-avgust 2019 COSAFA ayollar chempionati Zambiya bayrogʻi Zambiya 15–0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy KwaZakele, JAR
12:45
Report Stadion: Wolfson stadioni
3-avgust 2019 COSAFA ayollar chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0–3 Botsvana bayrogʻi Botsvana KwaZakele, JAR
12:45 Report
Stadion: Wolfson stadioni
6-avgust, 2019-yil(2019-08-06) COSAFA ayollar chempionati Namibiya bayrogʻi Namibiya 8-0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Port Elizabeth, JAR
15:30
Report Stadion: Gelvandale stadioni

2022[tahrir | manbasini tahrirlash]

31-avgust COSAFA ayollar chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0-5 Mozambik bayrogʻi Mozambik Port Elizabeth, JAR
12:00
Stadion: Madibaz stadioni
3-sentabr COSAFA ayollar chempionati Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi 4-0 Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy Port Elizabeth, JAR
15:30
Stadion: Madibaz stadioni
6-sentabr COSAFA ayollar chempionati Mavritsiya bayrogʻi Mavrikiy 0-3 Angola bayrogʻi Angola Port Elizabeth, JAR
15:30
  • Sara LuvungaGol 10'81'
  • Teresa EvaristoGol 72'
Stadion: Madibaz stadioni

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mauritius“. Global Sports Archive. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  2. „Site officiel Ligue de la Réunion : FEMININ : REUNION - MAURICE 3 - 0“. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-iyun.
  3. 3,0 3,1 „African Women U-20 World Cup 2008 Qualifying“. RSSSF (2010-yil 25-mart). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  4. 4,0 4,1 „COSAFA Women Tournaments“. RSSSF (2006-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  5. Mukoka, Augustine. „The Post (Zambia) – AAGM: Zambia to Host Cosafa Women's Soccer Tourney“. The Post (2005-yil 16-avgust). Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.
  6. „COSAFA Women Tournaments“.
  7. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
  8. „Football – CAN 2016 (féminine): le Club M prend la porte de sortie“ (French). Mavrikiy News (2016-yil 22-mart). Qaraldi: 2016-yil 11-aprel. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]