Mandela Effekti (chalkashish)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mandela taʼsiri, baʼzan Mandela fenomeni deb ataladi, soxta kollektiv xotira misolidir. Mandela effekti – ayrim hollarda bir qancha odamlar mayda detallarigacha bir xil boʻlgan yolgʻon xotiraga ega boʻlishlari mumkin. Bu xotiralar real voqelikka zid hamda uni isbotlovchi hech qanday dalillarsiz boʻladi. Aynan shu holatga nisbatan „Mandela effekti“ termini ishlatiladi.


Effektning paydo boʻlish tarixi 2013-yilga borib taqaladi. Shu yilning 5-dekabrida JARning sobiq prezidenti, mashxur siyosiy arbob Nelson Mandela vafot etadi. Bu haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilinadi. Qiziqarli tomoni, koʻplab foydalanuvchilar ushbu xabardan hayratga tushadilar. Negaki ular siyosatchini oʻtgan asrning 80-yillarida qamoqda vafot etgan deb bilishardi. Hattoki ayrimlar bu haqida xabarlar chiqqanini ham eslab oʻtadi. Aslida Mandelaning 90-yillarda ozod qilinganini juda kam odam yodga oladi. Mazkur „yolgʻon xotira“ni tushuntirish uchun keyinchalik Fiona Brum „Mandela effekti“ terminini taklif qiladi.

Mandela effekti quyidagilarni ham anglatadi:

  • Mandela Effect (albumi), Gonjasufi tomonidan 2017- yilgi albom
  • <i id="mwDQ">Mandela effekti</i> (film) , 2019-yilgi AQSH filmi