Mahmud Abbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Abbos
Tavalludi 28-yanvar 1935-yil (1935-01-28) (89 yosh)
Fuqaroligi Falastin

Abbos Mahmud (Mehmet Abbasovic) (28-yanvar 1935-yil, Falastinning Safad shahrida tugʻilgan) — Falastin davlat arbobi. Damashq universitetini tugatgan. Dastlab Qatar Davlatining maʼmuriy tizimida xizmat qilgan. Siyosiy faoliyatini Qatardagi falastinliklar guruhlarini tashkil etish va birlashtirishdan boshlagan. Abbos Mahmud Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) asoschilaridan biri, uning markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1980-yildan FOTning milliy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari. 1988-yildan FOT Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 1996-yildan qoʻmitaning bosh kotibi, 1996-yil yanvarda Falastin milliy kengashi (parlament)ga saylovlar oʻtkazish boʻyicha markaziy saylov komissiyasi rahbari, 2003-yil Falastin bosh vaziri, 2004-yildan FOT Bosh kotibi hamda mazkur tashkilot doirasidagi FATH (Falastin Ozodlik harakati) rahbari, 2005-yil yanvardan Falastin Muxtoriyati raisi, FOT Ijroiya qoʻmitasi raisi[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmud Abbos 1935-yil 15-noyabrda Falastinning (hozirgi Isroil) Jalila hududidagi Safed shahrida tugʻilgan[2][3]. Uning oilasi 1948-yil Isroil-Falastin urushi paytida Suriyaga qochib ketgan[3]. Misrga borishdan oldin Abbos Damashq universitetida huquqshunoslik boʻyicha tahsil olgan[4].

Abbos keyinchalik Moskvadagi Patris Lumumba universitetida aspiranturaga oʻqishga kirdi va u yerda fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (PhD ning sovet ittifoqi davridagi ekvivalenti)[5][6]. Uning doktorlik dissertatsiyasi Boshqa tomon: natsizm va sionizm oʻrtasidagi maxfiy aloqa edi[7].

U Amina Abbos bilan turmush qurgan va birga uch oʻgʻil koʻrgan. Kattasi Mazen Abbos Dohada qurilish kompaniyasini boshqargan va 2002-yilda 42 yoshida Qatarda yurak xurujidan vafot etgan[8]. Abu Mazen kunyasi „Mazenning otasi“ degan maʼnoni anglatadi. Ularning ikkinchi oʻgʻli kanadalik tadbirkor Yosir Abbos boʻlib, unga PA sobiq rahbari Yosir Arafot nomi berilgan[9]. Kenja oʻgʻli — Tariq, korxona rahbari.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yillarning oʻrtalarida Abbos Qatarda amirlikning Davlat xizmatida kadrlar boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlayotgan paytda surgun qilingan bir qator falastinliklarga qoʻshilib Falastinning yashirin siyosatiga aralashib qoladi. 1961-yilda u yerda boʻlganida, 1950-yillarning oxirida Quvaytda Yosir Arafat va boshqa besh falastinlik tomonidan asos solingan Fath tashkilotiga aʼzo boʻlgan[10]. Oʻsha paytda Arofat Qatar, Quvayt va boshqa Fors koʻrfazidagi arab davlatlarida badavlat falastinliklarni jalb qilish orqali Fath tashkilotiga asos solgan edi.

Abu Dovudning soʻzlariga koʻra, Abbos tomonidan toʻplangan mablagʻlarning bir qismi 1972-yilgi Myunxen qirgʻinini amalga oshirish uchun uning xabarisiz ishlatilgan[11]. U 1977-yilda oʻrta tabaqadagi isroilliklar bilan muzokaralar oʻtkazishga chaqirilgan Fathning birinchi aʼzolaridan biri edi. 2012-yilda bergan intervyusida u shunday deb eslaydi: „[…] biz qurol olganimiz uchun biz ularni ishonchli tarzda yoʻq qilish imkoniyatiga ega edik“[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME
  2. „Biography of the President“. President of the State of Palestine (2016). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Sela, Avraham (2002). "Abbas, Mahmud". The Continuum Political Encyclopedia of the Middle East. New York: Continuum. p. 11. ISBN 978-0-82641-053-5. 
  4. „Mahmoud Abbas Fast Facts“. CNN (2012-yil 4-dekabr).
  5. Zigar, Mikhail; Asmolov, Grigory (17 January 2005). „Аббас на глиняных ногах“ [Abbas has feet of clay]. Kommersant-Vlast (ruscha). № 605. 56-bet. Qaraldi: 26 January 2020.
  6. Seddon, David. A Political and Economic Dictionary of the Middle East. London, UK: Taylor & Francis, 2004 — 1–2 bet. ISBN 978-1-85743-212-1. 2011-yil 28-avgustda qaraldi. 
  7. Rosenberg, Yair (27 April 2014). „Sorry, New York Times: Abbas Is Still A Holocaust Denier“. Tablet. Qaraldi: 27 March 2015.
  8. „Eldest son of PLO no. 2 dies“. Al Bawaba (2002-yil 16-iyun). Qaraldi: 2011-yil 6-may.
  9. Abu Toameh, Khaled. „PA officials scandalised at disclosure by Abbas's son of vast personal fortune“. The Jerusalem Post (2009-yil 16-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
  10. Gowers, Andrew. Behind the Myth: Yasser Arafat and the Palestinian Revolution. New York: Olive Branch Press, 1991 — 65 bet. ISBN 978-0-940793-86-6. 
  11. Schanzer, Jonathan. State of Failure: Yasser Arafat, Mahmoud Abbas, and the Unmaking of the Palestinian State. St. Martin's Publishing Group, 29 October 2013 — 95 bet. ISBN 978-1-137-36564-4. 
  12. Vick, Karl (15 October 2012). „The Stateless Statesman“. TIME. Qaraldi: 26 January 2020.

Andoza:FOT raislari