Kem bit?

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kem bit?
Asl nomi Кем быть?
Muallif(lar) Vladimir Mayakovskiy
Til ruscha
Janr(lar)i sheʼr
Nashr etilgan sanasi 1929
Nashriyot „Gosudarstvennoye izdatelstvo“
Sahifalar soni 22

„Kem bit?“ (ruscha: Кем быть?) (tarjimasi „Kim boʻlsam ekan?“) — rus shoiri Vladimir Mayakovskiy qalamiga mansub sheʼr. Sheʼr kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, bolalarni oʻzlari uchun biror kasbni tanlashga chorlaydi. Sheʼr misralari zinapoya pogʻonalari shaklida yozilgan. Shuning uchun ularning oʻrnini oʻzgartirib aytish mumkin[1].

„Kem bit?“ sheʼri kitob oʻlaroq ilk bor 1929-yil Moskva shahrida „Gosudarstvennoye izdatelstvo“ nashriyotida chop etilgan[2]. Birinchi nashr rasmlarini Nisson Shifrin chizgan. Asar turli nashriyotlar tomonidan bir necha oʻn marta chop etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vladimir Mayakovskiy“ (inglizcha). Chicago universiteti kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
  2. „Kem bit?“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]