Kontent qismiga oʻtish

Gipofosfatemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipofosfatemiya-bu elektrolitlarning buzilishi boʻlib, unda qonda fosfat miqdori past boʻladi. Belgilari orasida zaiflik, nafas olishning qiyinlishuvi va ishtahani yoʻqolishi kabilar kuzatiladi. Kasallikning asoratlariga koma,rabdomiyoliz yoki suyaklarning yumshashi kiradi[1].

Sabablari orasida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, toʻyib ovqatlanmaslik, diabetik ketoatsidozdan tiklanish, kuyish, giperventiliya kabi holatlar ham kuzatiladi. Bu kasallik 0,81 mmol/L (2,5 mg/L) dan kam qon fosfat kontsentratsiyasi asosida tashxis qilinadi. Darajalari 0.32 mmol/L (1.0 mg/L) ostida boʻlsa, bu ogʻir holat hisoblanadi. Kasallikni davolash holatiga koʻra turlicha boʻladi. Bunda fosfat ogʻiz orqali yoki tomir ichiga yuborilishi mumkin. Gipofosfatemiya kasalxonadagi odamlarning taxminan 2 foizida va intensiv terapiya boʻlimidagi (ICU) odamlarning 70 foizida uchraydi[2].

Belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mushaklarning disfunktsiyasi- bu kasallikning asosiy belgilaridan biridir. Diplopiya, past yurak chiqishi, disfagiya va nafas olish mushaklarining zaifligi tufayli nafas olish depressiyasi kabi holatlar kuzatiladi. Ruhiy holat oʻzgaradi-bu asabiylashishdan tortib toki deliryum va komaga qadar boʻlishi mumkin. Adenozin trifosfat (ATP) darajasining pastligi tufayli hujayra membranalarining beqarorligi — bu kreatin fosfokinazning sarum darajasining oshishi bilan rabdomiyolizga, shuningdek gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin. Agar gipofosfatemiya surunkali boʻlsa bunda bolalarda raxit yoki kattalarda osteomalaziya rivojlanishi mumkin[3].

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nafas olish alkalozi-har qanday alkalemik holat fosfatni qondan hujayralarga oʻtkazadi. Bunga eng keng tarqalgan nafas olish alkalemiyasi (qondagi karbonat angidrid darajasining normal qon pH darajasidan yuqori) kiradi, bu esa oʻz navbatida har qanday giperventiliya (sepsis, isitma, ogʻriq, tashvish, giyohvand moddalarni olib tashlash va boshqa koʻplab sabablar) sabab boʻladi.

Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish- spirtli ichimliklar fosfatning soʻrilishini buzadi. Spirtli ichimliklarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qiladigan odamlar, odatda, minerallarga nisbatan toʻyib ovqatlanmaydilar.

Malabsorbsiya- bunga oshqozon-ichak traktining shikastlanishi, shuningdek D vitamini yetishmasligi tufayli fosfatni oʻzlashtirmaslik yoki alyuminiyni oʻz ichiga olgan antasidlar va (kamdan-kam hollarda) kaltsiyni oʻz ichiga olgan antasidlar kabi fosfat bogʻlovchilaridan surunkali ravishda foydalanishi kiradi[4]..

Tashxis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipofosfatemiya qondagi fosfat kontsentratsiyasini oʻlchash orqali aniqlanadi. Fosfatning 0,81 mmol/L (2,5 mg/dL) dan kam konsentratsiyasi gipofosfatemiya diagnostikasi hisoblanadi, ammo buzilishning asosiy sababini aniqlash uchun qoʻshimcha testlarni qilish talab qilinishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]