Foydalanuvchi:Diloromkhan/Sofya Agranovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diloromkhan/Sofya Agranovich
Tavalludi 24-iyun 1944-yil
Kuybishev, RSFSR
Vafoti 18-iyul 2005-yil
Samara, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi adabiyotshunoslik, folklorshunoslik
Ish joylari Samara davlat universiteti
Institutlar Kuybishev nomidagi pedagogika instituti
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor

Sofya Zalmanovna Agranovich (1944-yil 24-iyun2005-yil 18-iyul) — rus filologi, adabiyotshunos, folklorshunos, Samara davlat universitetining rus va chet el adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi, bir qator ilmiy ishlar muallifi[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sofya Zalmanovna 1944-yilda Kuybishevda (hozirgi Samara) ishchi oilasida tavallud topgan. Kuybishev nomidagi pedagogika institutini tamomlagan. So'ngra maktabda pioner yetakchisi (1961—1962), Kuybishev nomidagi adabiyot muzeyida ilmiy xodim (1966—1968)[3], kasb-hunar maktabida o‘qituvchi (1968—1975) bo'lib faoliyat yuritgan va universitetgacha tayyorgarlik dasturi doirasida universitetlar va maktablarda ma’ruzalar o‘qigan.

Agranovich A. N. Ostrovskiy asarlari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya.

Sofya Lev Fink Adolfovichning taklifiga binoan Kuybishev davlat universitetiga ishga kirgan. U yerda 30 yil mobaynida faoliyat yuritgan va shaharning folklor, mifologiya va mifopoetika bo'yicha eng yirik mutaxassisiga aylangan.

Sofya Zalmanovna o'zining "Istoriya i teoriya folklora" kursini ishlab chiqdi hamda folklor va adabiyot o'rtasidagi aloqalarni, qadimgi mifologik g'oyalarning zamonaviy badiiy ongda aks etishini o'rganuvchi maxsus talabalar seminariga rahbarlik qildi. Uning ilmiy faoliyati ham xuddi shu yo'nalishda rivojlandi. Hamkasblari L. P. Rassovskaya, A. I. Petrushkin, I. V. Samorukova, Y. Y. Stefanskiy va S. V. Berezin bilan birgalikda yettita ilmiy monografiya yaratdi.

Agranovich ilmiy faoliyatining asosiy yo'nalishi til va tafakkurning arxaik tuzilmalari adabiyotda qanday namoyon bo'lishi va ular adabiy asarning ma'nosini shakllantirishda qanday ishtirok etishini o'rganish bo'lgan.

Sofya Agranovich “Mehnat faxriysi” medali bilan taqdirlangan.

Sofya Zalmanovna nafaqat hamkasblari va ilmiy jamoatchilikning e'tirofiga sazovor bo'ldi, balki shogirdlarining mehrini qozondi, hatto o'zi ham ma'lum darajada talabalar folklorining qahramoniga aylandi. Ma'ruzalarining video yozuvlari Rossiya Interneti bo'ylab tarqaldi va uni mashhur qildi. Uning uyiga talabalar tez-tez kelib turar, uyi mehmonlarga to‘la bo'lar va hammaga yordam berardi.

Sofya Zalmanovnada rassomlik qobiliyati bo'lgan va yog'och o'ymakorligini yaxshi ko'rgan.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 26-sentyabrda Samara davlat universitetining rus va chet el adabiyoti kafedrasida boʻlib oʻtgan “Mif kak obyekt i/ili instrument interpretatsii gumanitarnix nauk” fanlararo ilmiy seminari Sofiya Zalmanovna Agranovich[2] xotirasiga bagʻishlandi[1].

2019-yilda Potapova ko'chasidagi universitet binosining 218-sonli auditoriyasiga [Комм. 1] “Bu yerda professor Sofya Zalmanovna Agranovich yashagan” yozuvi hamda S. Z. Agranovichning “pod mirovim drevom” karikaturasi asosida o‘ymakorlik lavhasi o‘rnatildi. Uning muallifi Dmitriy Muratov [Комм. 2].

2021-yilda Samaraning Kuybishevskiy tumanidagi ko'chaga Sofiya Agranovich nomi berildi.

Sofya Agranovich va Lyudmila Petrovna Rassovskaya “Boris Godunov” tragediyasida afsona, folklor, tarix va A. S. Pushkin nasrida” qo‘shma monografiyasida A. S. Pushkinning "Kapitanning qizi” romani, “Pikovaya dama” qissasi, shuningdek, A. K. Tolstoyning dramatik trilogiyasi tarixiylik va folklor tabiatini o‘rgandilar. Mualliflar, shuningdek, Pushkin fojiasi bilan Yevripid va Shekspir an'analari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatdilar. Pushkin asarlari insoniyat tarixining keng kontekstida ko'rib chiqildi[4].

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Агранович С. З., Рассовская Л. П. Историзм Пушкина и поэтика фольклора. — Куйбышев: Издательство Саратовского университета, Куйбышевский филиал, 1989. — 192 с.
  • Агранович С. З., Рассовская Л. П. Миф, фольклор, история в трагедии «Борис Годунов» и в прозе Пушкина. — Самара: Издательство «Самарский университет», 1992. — 216 с.
  • Петрушкин А. И., Агранович С. З. Неизвестный Хемингуэй. — Самара: Самарский Дом печати, 1997. — 224 с.
  • Агранович С. З., Саморукова И. В. Гармония — цель — гармония: Художественное сознание в зеркале притчи — М.: Международный институт семьи и собственности, 1997. — 135 с.
  • Агранович С. З., Саморукова И. В. Детский фольклорный праздник «Русские святки». — М.: Когито-центр, 1999. — 84 с.
  • Агранович С. З., Конюшихина М. В. Поэтапное изучение Библии в контексте мировой литературы. — М.: Когито-центр, 1999. — 80 с.
  • Агранович С. З. Стилевая игра с двойничеством в «Повести о том, как поссорился Иван Иванович с Иваном Никифоровичем» // Вестник СамГУ. Литературоведение : журнал — 2000. — № 1.
  • Агранович С. З., Саморукова И. В. Двойничество. — Самара: Издательство «Самарский университет», 2001. — 132 с.
  • Агранович С. З., Стефанский Е. Е. «Пожалел волк кобылу…» О синкретизме семантики славянского концепта лютость и отражении этого синкретизма в мифе, фольклоре и литературе // Вестник Самарского государственного университета. — 2003. — № 1 (27).
    • Агранович С. З., Стефанский Е. Е. Миф в слове: продолжение жизни: Очерки по мифолингвистике. — Самара: Издательство СаГА, 2003. — 168 с.

    Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1. В корпусе по адресу Самара, ул. Потапова, 64 теперь размещается филологический факультет объединённого Самарского национального университета им. Королёва
    2. Дмитрий Муратов — ученик Софьи Агранович, лауреат Нобелевской премии мира, главный редактор «Новой газеты».

    Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1. 1,0 1,1 „Семинар «Миф как объект и/или инструмент интерпретации гуманитарных наук»“ (ru). Самарский государственный университет: официальный сайт (2009-yil 28-sentyabr). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
    2. 2,0 2,1 „Междисциплинарный научный семинар «Миф как объект и/или инструмент интерпретации гуманитарных наук»“ (ru). Универсайт (2009-yil 30-sentyabr). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
    3. Светлана Кудрявцева. „Связь «Университет — музей» существовала всегда“ (ru). Универсайт (0208-yil 22-dekabr). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
    4. Стефанский. Мудрствующая на грани. Софья.

    Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


    Video[tahrir | manbasini tahrirlash]

    [[Turkum:Mehnat faxriysi medali sohiblari]] [[Turkum:2005-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:18-iyulda vafot etganlar]] [[Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar]] [[Turkum:1944-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:24-iyunda tugʻilganlar]]