Fotima Ahmad Ibrohim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotima Ahmad Ibrohim
Tavalludi 1932-yil
Xartum
Vafoti 12-avgust 2017-yil
London
Fuqaroligi Sudan
Kasbi Inson huquqlari himoyachisi, siyosatchi, ayollar huquqlari faoli, jurnalist
Unvoni Fikr erkinligi uchun Ibn Rushd mukofoti (2006)
Turmush oʻrtogʻi El-Shafie Ahmed el-Sheikh

Fotima Ahmad Ibrohim (inglizcha: Fatima Ahmed Ibrahim, arabcha: فاطمة أحمد إبراهيم) — sudanlik yozuvchi, huquq himoyachisi, kommunistik va ayollar harakati faoli[1]. 1991-1994-yillarda Xalqaro Demokratik Ayollar Federatsiyasi raisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim Angliya-Misr Sudan mustamlakasi davrida, 1933-yilda Xartumda ziyolilar oilasida tugʻilgan. Uning bobosi Sudandagi birinchi oʻgʻil bolalar maktabining direktori va mahalladagi masjidning imomi boʻlgan. Fotimaning onasi maktabda oʻqigan qizlarning birinchi avlodidan edi. Fotimaning otasi Gordon Memorial kollejini tamomlagan va davlat maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Uning otasi kollejdan ketadi. Chunki, inglizlar darslarni faqat ingliz tilida oʻqitishni buyurishardi.

Fotima Omdurmandagi qizlar oʻrta maktabini tugatgandan keyin u ayollar huquqlarini himoya qilishni boshlaydi. U Elraʼedda (ạlrạḦdẗ, „Pioner“) nomli devoriy gazetasini chiqardi. Bu gazetalarni oʻz taxallusi bilan yoza boshladi. Fotima ayollar ichidan birinchi boʻlib ish tashlashga qaror qilgan. Hokimiyat uning maktabi fan darslarini bekor qilishga va ularni „oilaviy fanlar“ darslariga almashtirishga harakat qilishgan.

Ayollar harakati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-yilda Fotima Ayollar intellektual uyushmasini tuzdi. 1952-yilda Sudan ayollar ittifoqiga (arabcha: الاتحاد النسائي السوداني) asos soladi va unda Fotima birinchi prezident etib saylandi[2]. Fotima Tolib va Xolida Zohir bilan birga ijroiya qoʻmitasida ishlagan[3].

1954-yilda SSJning nizomiga kiritilgan tuzatishga koʻra, umumiy saylov huquqi — ayollar uchun ovoz berish huquqi, barcha qonunchilik, siyosiy, maʼmuriy institutlarda vakil boʻlish huquqi uchun kurashga qaratilgan; ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlarga ham eʼtibor qaratildi (ish haqi va taʼlim olishda erkaklar bilan tenglikka erishish, ayollar oʻrtasida savodsizlikka qarshi kurashish). 1955-yilda Fotima SSJ „Savat al-Maraa“ (Ayollar ovozi) jurnalining bosh muharriri boʻldi. Keyinchalik, u Ibrohim Abbud tizimini agʻdarishda muhim ishtirok etadi.

Birinchi ayol deputat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1954-yilda Fotima Sudan Kommunistik partiyasiga (SCP) qoʻshildi va qisqa muddat Kommunistik partiya Markaziy Qoʻmitasida xizmat qildi (SCP 1946-yildan beri, ayollar tashkilotiga ega boʻlgan birinchi Sudan partiyasi edi). 1956-1957-yillarda Fotima yana Xotin-qizlar Ittifoqiga bosh boʻldi. 1965-yilda u parlamentga saylandi va Sudan tarixidagi birinchi ayol deputatga aylandi[1]. Sodiq al-Mahdiy tashabbusi bilan demokratik yoʻl bilan saylangan Kommunistik partiya aʼzolarining Sudan parlamentidan noqonuniy ravishda chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan konstitutsiyaviy nizolar UPC va Milliy Umma partiyasi oʻrtasidagi kelishmovchiliklarning kuchayishiga sabab boʻldi.

1969-yilgi harbiy toʻntarish natijasida, Jafar Muhammad an-Nimeiri kommunistlar yordami billan hokimiyat tepasiga kelgan. Bu SJWning faoliyatini kengayishiga va ayollar turli sohalarda bir qator huquqlarga ega boʻlishiga turtki boʻldi. Kommunistik partiya va Jafar al-Nimeiri oʻrtasidagi aloqalar tanaffus bilan yakunlandi. Bu esa 1971-yil iyulida davlat toʻntarishi va qarshi toʻntarishga olib keldi. Hokimiyatga qaytgan Nimeiri kommunistik yetakchilarni, jumladan, kasaba uyushma rahbari va Fotimaning eri al-Shafiy (Shafiya) Ahmad al-Shayxni qatl qildi. Uning oʻzi bir necha yil uy qamogʻida boʻlgan. U Nimeyri Tizimi davrida bir necha bor hibsga olingan.

Surgun davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda Fotima Umar Hasan al-Bashirning harbiy toʻntarishi ortidan Sudanni tark etdi. Qonundan tashqari boʻgan Sudan Ayollar Ittifoqi prezidenti sifatida quvgʻindagi muxolifatga qoʻshildi. 1991-yilda Fotima Xalqaro Demokratik Ayollar Federatsiyasi raisi etib saylandi. U 2005-yilda hukumat va muxolifat oʻrtasidagi kelishuvdan soʻng, Sudanga qaytib keldi. Shu yili Kommunistik partiyadan parlamentga aʼzo boʻldi.

Fotima 2011-yilda partiyadan nafaqaga chiqdi[1]. U 2017-yil 12-avgustda 84 yoshida Londonda vafot etgan. Fotimaning dafn marosimi Xartumda 16-avgust kuni boʻlib oʻtdi. Uning akasi Salah Ahmad Ibrohim ham adabiy va siyosiy faoliyati bilan mashhur edi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hassadanna Khill’al Ashroon Aʼmm’a, arabcha:حصادنا خلال عشرين عاماً, yoki (Yigirma yil davomidagi hosilimiz). Xartum: Sudan ayollar ittifoqi matbuoti, n.d.
  • Tariqnu ila el-Tuharur (Ozodlik yoʻlimiz), (n.d).
  • el-Mara el-Arabiya val Taghyir al-Ijtimai, arabcha:المرأة العربية والتغيير الاجتماعي, yoki Arab ayollari va ijtimoiy oʻzgarish, 1986-yil.
  • Holla Gadieʼa alahoal al-shekhssia, arabcha:حول قضايا الأحوال الشخصي, yoki Shaxsiy Status Ishlari.
  • Gadieʼa Alm’ar’a el-Aʼmela Al-sodania, arabcha:قضايا المرأة العاملة السودانية, yoki Sudanlik ishchi ayollarning ishlari.
  • Anʼa Awaan Eltageir Lakeen! arabcha:آن آوان التغيير ولكن, yoki Oʻzgarish vaqti keldi.
  • Atfallana weʼl Reʼaia El-sehi’a, arabcha:أطفالنا والرعاية الصحية, yoki Bizning bolalar va sogʻliqni saqlash.
  • „Dam olishdagi oʻq“. Surgundagi ayollarda, ed. Mahnaz Afkhami, 191-208: Virjiniya universiteti nashriyoti, 1994-yil.
  • „Sudanning ayollar huquqlariga qilingan hujumi Islomdan foydalanadi“. Africa News 37, №. 5 (1992): 5.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Keyta, Mariama

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Fatima Ahmed retires from Sudanese Communist Party, parliament“. Sudan Tribune (2007-yil 19-mart). 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-sentyabr.
  2. „A history of Sudanese women organizations and the strive for liberation and empowerment. - Free Online Library“. www.thefreelibrary.com. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
  3. Osman, Amira. Beyond the pan-Africanist agenda: Sudanese women's movement, achievements and challenges(ingl.) // Andoza:Нп3. — 2014. Архивировано 2 oktyabr 2019 года.