Kontent qismiga oʻtish

Fleksura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fleksura (lot. fl exura — egilish, bukilish) — monoklinal togʻ jinslari qatlamlarining "tirsak" yoki "zinapoya"simon egilishi natijasida hosil boʻlgan tektonik struktura. F.ning koʻtarilgan yoki botgan ikki qanoti qiya yoki deyarli gorizontal yotgan boʻlib, birbiri bilan qatlamlarning vertikal enkayishi orqali birlashadi. Koʻtarilgan va botgan kanotlari orasidagi vertikal masofa F. amplitudasi deb ataladi. F.ning koʻtarilgan qanotlarida koʻpincha gumbazsimon strukturalar zanjiri joylashadi. Qanotlarning yotishiga qarab oddiy, yoʻlyoʻlakay, qaramaqarshi; egilish sharnirlarining qiyaligiga qarab F. oʻlchami 1 m dan bir necha km gacha, qanotlarning qiyaligi — arang sezilarlidan vertikalgacha boʻladi. F. platformalarda va burmalangan oblastlarda tarqalgan. Ayniqsa, yirik F.lar platforma chekkalarida va sineklizaning bortlarida uchraydi. Ularning baʼzilari choʻkindi hosil boʻlishi jarayoniga taʼsir koʻrsatib, fatsiyalarning taqsimlanishini va choʻkindi qatlamlarning qalinligini belgilaydi. Baʼzida F.lar bilan neft va gaz konlari bogʻliq boʻladi.