Boshqariladigan zenit raketalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

[1] Boshqariladigan zenit raketa (BZR) — yer-havo sinfiga mansub raketa bo'lib, zenit-raketa majmuasi(ZRM)ning bir qismi hisoblanadi va turli havo nishonlarini yo'q qilish uchun mo'ljallangan.

Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raketalar joylashtirish turi, yo'q qilish masofasi va balandligi, nishonga tegishning maksimal tezligi va ishga tushirish tamoyillari bo'yicha farqlanadi. Suyuq va qattiq yoqilg'i dvigatellari bilan ishlaydigan raketalar mavjud.

Boshqaruvi bo'yicha
  • radioboshqaruvli
  • radioto'lqin bo'yicha boshqariladigan
  • o'zi boshqariladigan
  • aralash
Aerodinamik tuzilishiga ko'ra
  • normal (stabilizatorlari orqada, ruli oldinda) va uning kichik turlari - dumsiz (stabilizator rul bilan "birlashtirilgan")
  • kanard (oldida rullar, orqada stabilizatorlar)
  • yuk ko'taruvchi konus (orqada rullari bo'lgan konussimon fyuzelyaj)

Zenit raketalar ham statsionar, ham mobil, ham ko‘chma raketa majmualarida qo‘llanilishi mumkin.

Qurilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqariladigan zenit raketa quyidagilardan tashkiltopgan

  • Fyuzelaj va quyruqni o'z ichiga olgan korpusi (rullar va stabilizatorlar)
  • Dvigatel
  • Avtopilot
  • Girouskunalar
  • Pnevmatik va elektr quvvat manbalari
  • Qabul va uzatish qurilmalari
  • Kontaktli va kontaktsiz portlagichlar
  • Jangovor kallak (oskolko-fugasli yoki maxsus)
  1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%82%D0%BD%D0%B0%D1%8F_%D1%83%D0%BF%D1%80%D0%B0%D0%B2%D0%BB%D1%8F%D0%B5%D0%BC%D0%B0%D1%8F_%D1%80%D0%B0%D0%BA%D0%B5%D1%82%D0%B0