Kontent qismiga oʻtish

Boroxoro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BoroxoroXitoy gʻarbidagi togʻ tizmasi, gʻarbiy uchi Qozogʻiston hududida. Sharqiy Tyanshan togʻ tizimiga kiradi. Ili daryosi bilan Ebi Hyp koʻli havzalari oʻrtasida. Uzunligi 250 km. Balandligi 4359 m gacha. Kristall va metomorfik togʻ jinslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlarida 1800 m balandlikkacha tog dashtlari, 2800 m gacha qoraqaragʻay oʻrmonlari, eng yuqorisida alp oʻtloqlari bor, choʻqqilari doim qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil