Alifbo bo'yicha qotillik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alifbo bo'yicha qotillik

ilk nashr
Asl nomi inglizcha: The A.B.C. Murders
Muallif(lar) Agata Kristi
Til inglizcha
Janr(lar)i detektiv
Nashr etilgan sanasi 1936-yil 6-yanvar
Nashriyot Collins Crime Club va Am Oved
Avvalgisi Bulutlardagi oʻlim
Keyingisi Mesopotamiyadagi qotillik

Alifbo boʻyicha qotillik (inglizcha: The A.B.C. Murders) — 1936-yilda Agata Kristi tomoidan yozilgan va oʻsha yili Collins Crime Club tomonidan nashr qilingan adibaning eng mashur asarlaridan biri. Asarning asosiy personajlari Erkyul Puaro, kapitan Gastings va katta inspektor Jepp hisoblanadi[1].

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzaro hech qanday aloqasi boʻlmagan shaxslar Seriyali qotilning oʻljasiga aylanmoqda va ularni faqatgina oʻlgan insonlarning ismi alifbo tartibida ekanligi birlashtirib turibdi: Andoverlik Alisa Asher, Beksxill-on-Silik Betti Bernard va shu tartibda. Har bir jinoyat oldidan qotil Erkyul Puaroga qotillik vaqti va joyi yozilgan xat joʻnatadi.

Puaro va politsiya har safar jinoyat joyiga kech yetib kelishadi. Qotil har safar „ABC“ (inglizcha: alifbo) yozuvini va ABC Railway Guide maʼlumotnomasini qoldiradi.

Puaro va politsiya dastlab sarosimaga tushib qolishadi, lekin keyinchalik topilgan ashyoviy dalillardan qotil paypoq sotuvchi savdo agenti ekanligini tushunib yetadi. Keyin esa D harfiga mos ravishda qotillik sodir etilishi kerak edi, lekin boshqa shaxs vafot etadi. Shundan soʻng politsiyaga Aleksandr Bonapart Kast ismli sotuvchi keladi va jinoyatlarni oʻz boʻyniga oladi. Qotil aniqlangan, ishni yopsa ham boʻladi, lekin jinoyatlarni oʻz boʻyniga olgan Kast Erkyul Puaro haqida ilk marta eshitib turganligini aytadi va Puaroga yozilgan xatlarning paydo boʻlishini tushuntirib bera olmaydi. Kast bosh ogʻrigʻidan aziyat chekar, xotira bilan muammolari bor edi. U qotilliklarni qanday sotir etganligini eslay olmasligini, lekin har safar qotillik sodir etilganda oʻsha yerda boʻlganligi uchun oʻzini qotil deb oʻylayotganligini aytadi. Lekin politsiya gumonlanuvchining 2-qotillik paytida alibisi boʻlganligini aniqlaydi: u mehmonxonada yashovchi bir shaxs bilan domino oʻyayotgan edi. Boshqa tomonda oʻylab qaraganda alibi soxta boʻlishi ham mumkin. Puaro dastlab Kastning aybi yoʻqligi haqida gumon qiladi, keyinchalik esa uning aybdor emasligini isbotlaydi va haqiqiy qotilni topadi.

Personajlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy personajlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ABC — ismi noʻmalum boʻlgan seriyali qotil
  • Aleksandr Bonapart Kast — paypoq sotuvchisi, asosiy gumonlanuvchi
  • Erkyul Puaro — izquvar
  • Kapitan Gastings — Puaroning doʻsti va yordamchisi
  • katta inspektor Jepp — Skotland-Yard politsiyachisi
  • inspektor Kroum — inspektor Jepp jamoasidan

Qurbonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alisa Asher — ilk qurbon, kichikroq magazin egasi, boshiga zarba tufayli oʻldirilgan
  • Elizabet „Betti“ Bernard — ikkinchi qurbon, yosh va chiroyli ofitsiant qiz, boʻgʻib oʻldirilgan
  • Ser Karmaykl Klark — uchinchi qurbon, boy tadbirkor, boshi yorilgan holda topilgan
  • Jorj Ersfild — toʻrtinchi qurbon, sartarosh, pichoqlab ketilgan

Ekranizatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1965-yilda roman Metro-Goldwen-Mayer kinostudiyasi tomonidan ekranlashtirilgan, Erkyul Puaro rolida amerikalik aktyor Toni Rendel suratga tushgan[2].
  • 1992-yilda roman asosida Erkyul Puaro rolini David Sushe oʻynagan britaniya teleseriali suratga olinadi
  • 2018-yilda BBC 3 qismdan iborat va asosiy rolni Jon Malkovich oʻynagan „Alifbo boʻyicha qotillik“ nomli serialni suratga oldi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ubiystva po alfavitu // Bogatirev, Arseniy. Ensiklopediya Erkyulya Puaro. M.: Izdatelstvo Pero, 2021. S. 233 — 234. ISBN 978-5-00189-026-3
  2. „«The Alphabet Murders» (1965)“. 2009-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
  3. „The ABC Murders“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Богатырёв А. В.. Энциклопедия Эркюля Пуаро. М.: Издательство «Перо», 2021. ISBN 978-5-00189-026-3. 
  • Кристи, Агата.. Смерть в облаках: Роман; Убийства по алфавиту: Роман; Убийство в Месопотамии: Роман; Невероятная кража: Повесть; Родосский треугольник: Повесть // Собрание сочинений. В 20 т.. М.: Артикул, 1995. ISBN 5-87891-019-5. 
  • Кристи, Агата; Карран, Джон.. Секретный архив Агаты Кристи. М.: Эксмо, 2010. ISBN 978-5-699-42753-6.