Xususiy harbiy kompaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(XHKdan yoʻnaltirildi)

Xususiy harbiy kompaniya (inglizcha: private military company; PMC; ruscha: Частная военная компания; ЧВК) — bu shaxslarni yoki biror narsani qoʻriqlash, himoya qilish (mudofaa) bilan bogʻliq, koʻpincha harbiy mojarolarda ishtirok etish, shuningdek, razvedka maʼlumotlarini yigʻish, strategik rejalashtirish, logistika va konsalting bilan bogʻliq ixtisoslashtirilgan maxsus xizmatlarni taklif qiluvchi tijorat korxonasidir.

Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, oʻz qonunchiligiga muvofiq, XHKlarning oʻzlari maʼlum davlatlarning jinoiy qonunchiligini buzuvchi yollanma ishchilar va noqonuniy tashkilotlar sifatida tan olinadi va buning uchun ular ushbu davlatlarning sud qarori bilan jinoiy jazoga tortilishi mumkin. 2019-yil holatiga koʻra, dunyoda umumiy aylanmasi yiliga 400 milliard dollargacha boʻlgan 3000 ta XHK mavjud boʻlib, ularning xizmatlarining asosiy mijozlari davlatlardir. Bitta harbiy kampaniyaning byudjeti taxminan 20 million dollarni tashkil qilishi mumkin[1]..

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]