Wal-Mart
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Wal-Mart Stores, Inc. | |
|---|---|
| Turi | Ommaviy kompaniya |
| Faoliyati | Chakana savdo |
| Shiori | Save Money, Live Better.(U.S.) WE SELL FOR LESS every day! (Canada) |
| Asos solingan yili | |
| Joylashuvi | |
| Muhim shaxshlar | Sam Walton (1918–1992), Asoschi H. Lee Scott, CEO S. Robson Walton, Direktorlar kengashi raisi Tom Schowe, CFO |
| Mahsulotlari | supermarketlar, gipermarketlar, savdo markazlari |
| Daromadi | US$315.654 miliard |
| Sof Foyda | US$11.231 miliard |
| Ishchilar soni | 1.9 mln (2006) |
| Veb-sahifasi | www.walmart.com |
Wal-Mart Stores, Inc. – Amerika kompaniyasi, dunyodagi eng yirik chakana savdo bilan shug’ullanuvchi kompaniyalardan biri. Bosh ofisi – Bentonvilla, Arkanzas shtatida joylashgan.
Kompaniya 1962 yil Rodjers shahri(shtat Arkanzas) da Sem Volton tomonidan asos solingan.
[tahrir] Boshqaruv:
Wal-Mart ning 40% yaqin aksiyalari kompaniya asoschisi Sem Voltonning merosxoʻrlariga tegishli. Direktorlar kengashi raisi – S. Robson Walton. Bosh boshqaruvchi – H. Lee Scott.
[tahrir] Asosiy faoliyat turi:
Wal-Mart – chakana savdo bilan shug`ullanuvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, uning tarkibiga 14 ta davlatda 6782 ta magazinlar kiradi. (2007 yil fevral oyi ma`lumotlariga ko`ra). Bular qatoriga oziq - ovqat va xojalik mollari sotuvchi gipermarketlar va universamlar ham kiradi. Wal-Mart strategiyasi - maksimal mahsulotlar asortimenti va minimal narxlar(optom narxlariga yaqinlashtirish) hisoblanadi. AQSH chakana savdo bozorida Wal-Martning asosiy raqobatchilari bu – Kmart va Target hisoblanadi. Wal-Mart savdoda RFID - belgilari tehnologiyasini ishlatish bo`yicha lider hisoblanadi. 2004 yil natijalariga binoan eng yirik kompaniyalar ichida Wal-Mart daromad hajmi bo`yicha birinchi o`rinni egalladi. 2006 yilda kompaniya umumiy ishchilari soni – 1,6 mln kishini tashkil etdi. Kompaniya oboroti 2005 yilda $312,4 mlrd ni tashkil etdi va sof foydasi - $11,2 mlrdni tashkil etdi.
[tahrir] Havolalar
Cite error: <ref> tags exist, but no <references/> tag was found