Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Qoʻshma Shtatlarda tugʻilishni nazorat qilish harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Assalomu alaykum, bugungi kun aktual masalalaridan biri boʻlgan mavzu yuzasidan maqola yaratgandim. Xato va kamchiliklarini boʻlsa bildirib, fikr va ovoz berishda faol boʻlishingizni kutib qolaman!

Nominator(lar): Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:46, 8-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshma Shtatlarda tugʻilishni nazorat qilish harakati[manbasini tahrirlash]

Fikrlar

Maqola nomini „Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilishni nazorat qilish harakati“ yoki „AQShda tugʻilishni nazorat qilish harakati“ deb nomlashni taklif etaman. Turklar oʻzlaridan kelib chiqib toʻgʻri nomlabdi. Biz inglizcha US abbreviaturasini QSh deb, UK ni BQ deb tarjima qiladigan va buni 7 dan 70 yoshgacha tushunadigan millat vakillari emasmiz. Bundan tashqari, inglizcha United Statesni Qoʻshma Shtatlar desak savol tugʻiladi: qaysi qoʻshma shtatlar? Hindiston qoʻshma shtatlarimi, Braziliya qoʻshma shtatlarimi? Xullas maqola nomini barchaga tushunarli boʻladigan nomga koʻchirishni taklif qilaman. Jamshid Nurqul (munozara) 16:44, 10-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Fikringizga qo’shilaman, bu haqida o’ylab ko’rmagan ekanman. Nomni ko’chirdim, rahmat. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 11:24, 11-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Bilgiqutida rasm izohi tarjimasiz qolib ketibdi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:24, 11-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
Tuzatildi. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 18:19, 11-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola statusga nomzod qilinganda qaysi tildan tarjima qilinib yaratilgani yozilmagan ekan. Katta ehtimol bilan EnWikidan boʻlsa kerak degan fikrdaman.

  1. Manbalar boʻlimi Izohlar, Adabiyotlar boʻlimi Manbalar deb nomlangan, Manbalar boʻlimi ostida izoh chiqib turibdi. Tuzatish kerak ekan;
  2. Havolalar boʻlimida havola nomlarini originalida qoldirish kerak;
  3. Tarjima paytida EnWikidan oʻtmay qolgan manbalarni oʻz oʻrnida koʻrsatish kerak. Manbalarni <ref>Engelman, pp. 3-4.</ref> koʻrinishida emas, {{Sfn}} andozasini ishlatib rasmiylashtirish kerak. Shunda manbalar oʻz oʻrnida qoladi;
  4. 6-manbada kitobning betini koʻrsatishda ikkilanish kuzatilyapti. Aniq betini yozish kerak;
  5. VP:IVGga asosan manbalarda koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyib chiqish kerak;
  6. Manbalarda koʻrsatilgan havolalarga qaralgan sana sifatida 2010-yillar koʻrsatilgan. Ulardan bir nechtasi ichiga kirib hozirdgi kunda qaralsa, boʻm-boʻsh sahifa chiqib kelyapti. Manbalarda keltirilgan barcha havolalarga kirib koʻrib, sahifasi mavjud ekanligiga ishonch hosil qilinsa va Qaralgan sanalar yangilab qoʻyilsa statusli maqola uchun ayni muddao boʻladi;
  7. Qizil ichki havolalardangina tuzilgan Yana qarang boʻlimidagi ichki havolalarni yoki koʻkartirish kerak, yoki ushbu boʻlimni tag-tugi bilan yoʻqotish kerak;
  8. Mana bu abzats manbalar bilan tasdiqlanmagan. 1917-yilda advokat Emma Goldman Birinchi jahon urushi va Amerika harbiy xizmatga chaqirilishiga norozilik bildirgani uchun hibsga olingan. Goldmanning sotsializm, anarxizm, tugʻilishni nazorat qilish, kasaba uyushmalari huquqlari va erkin sevgi kabi mavzularda soʻz erkinligiga sodiqligi oxir-oqibat uni Amerika fuqaroligi va Qoʻshma Shtatlarda yashash huquqidan ayirdi. Sotsialistik farovonlik va antikapitalizmga sodiqligi tufayli Goldman kommunizm bilan aloqador edi, bu esa Birinchi Qizil Qoʻrquv davrida uning mamlakatdan haydalishiga olib keldi[78]. Birinchi jahon urushi Amerikaning sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq tugʻilishni nazorat qilish gʻoyasini qabul qilishiga olib kelgan boʻlsa-da, antikommunistik Birinchi Jahon urushi propagandasi tugʻilishni nazorat qilish harakatining eng sodiq aʼzolaridan birini qurbon qildi.
  9. First Red Scare — Birinchi Qizil Qoʻrquv deb tarjima qilinishiga ishinchingiz komilmi? Bunday misollar koʻp ekan. Barcha soʻzi bosh harflar bilan yozilyapti, nimaga shunaqa? — Kagansky (munozarasi) 18:21, 14-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Bir necha kundan buyon tarmoqda faol emas edim. Savollaringizni hozir ko'rdim. Albatta, ko'rib chiqib, imkonim qadar javob beraman/tuzataman. Izohingiz uchun tashakkur. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 16:07, 16-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Siz aytgan uslubiy xatolarni tuzatib chiqdim. Texnik xatolarni esa, ochig'i, tuzatolmas ekanman, buni istasam ancha vaqt olib qo'yadi. Xullas, munozarani yakunlashingizga roziman. Rahmat. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 13:26, 20-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
1. Adabiyotlar boʻlimini yaratib, maqolada snoskasi keltirilgan kitoblarni shu boʻlimga olib oʻtish kerak; 2. Tuzatgansiz; 3. Vaqt topib, tuzatishga yordamlasha olaman; 4. Tuzatish shart emas; 5. Tuzatib qoʻydim; 6. Boʻsh sahifa chiqayotganigina tuzatib chiqish yetarli; 7. Tuzatgansiz; 8. Manba koʻrsatilmagan; 9. Izohsiz. — Kagansky (munozarasi) 19:17, 20-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
1. Nima haqida gap ketayotganligini unchalik tushunmayapman.
6. Buni tuzatishga harakat qilib ko’raman.
8. Bu gap shunchaki yuqoridagi gapning xulosasi, shu sababli manba keltirilmagan. Unga manba keltirib bo’lmaydi, olib tashlasa ham hech nima o’zgarmaydi. Lekin jumla mazmunni oydinlashtirishga yordam beradi.
9. First Red Scare to’g’ri tarjima qilingan, lekin uni tajima qilish kerakmidi yoki yo’qmi, buni bilmayman. Hamma so’zlar bosh harfda ekanligining sababi, adashmasam, ingliz tilida nomlar tarkibidagi har bir so’z katta harfda yoziladi, buni asosan filmlar nomlarida kuzatganman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:08, 21-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi. Ikki haftadan ortiq vaqt davomida yetarlicha ovoz toʻplanmadi. Yuqorida aytib oʻtilgan kamchiliklarini tuzatgandan keyin maqolani qayta ovozga qoʻyishingiz mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 11:17, 25-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.