Qarshi Davlat Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1956 yildan eʼtiboran Qarshi Davlat Pedagogika instituti sifatida faoliyat ko‘rsatgan oliygoh 1992 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoni bilan Qarshi Davlat universitetiga aylantirildi. Hozirgi kunda universitetning kunduzgi bo‘limda 27 ta, sirtqi taʼlim bo‘limida 14 ta, maxsus sirtqi bo‘limida 4 ta bakalavr taʼlim yo‘nalishi hamda 17 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Universitetda talabalarning umumiy kontengenti 7397 nafar bo‘lib, shundan 4120 nafari kunduzgi bo‘limda (shundan 1852 nafari yigitlar, 2268 nafari qizlar), 2630 nafari sirtqi bo‘limda, 538 nafari maxsus sirtqi bo‘limda, 109 nafari magis-tratura mutaxasisligi bo‘yicha taʼlim olmoqda. Universitetning kunduzgi bo‘limida 225 ta akademik guruh mavjud bo‘lib, 15 millat vakillari tahsil olib kelmoqdalar. Universitet tarkibida 13 ta fakultet, 53 ta kafedrada 579 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 19 nafari fan doktori, professorlar, 162 nafarini fan nomzodlari, dotsentlar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda o‘rindoshlik sifatida 32 nafar yetuk, tajribali professor-o‘qituvchilar markaziy oliy o‘quv yurtlaridan taklif etilgan. Universitetda o‘quv jarayoni Davlat taʼlim standartlari asosida, davr talabiga mos holda olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 21.02.2004 yil № 54 sonli buyrugi bilan tasdiklangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejalari asosida II-III-IV kurslarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.