Oman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oman Sultonligi
سلطنة عُمان
Sulṭanat ʿUmān
Oman davlat bayrogʻi   Oman davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Nashid as-Salaam as-Sultani
Oman Xaritasi
Poytaxt Maskat
Rasmiy til(lar)
Hukumat Absolyut Rohiblik
 •  Rohib   Qabus ibn Sayid Al Bu Sayid
 •  Bosh Vazir   Qabus ibn Sayid Al Bu Sayid
Mustaqillik  
Maydon  
 • Butun 212,460 km² (84-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 3,001,583 (134- oʻrin)
 • Zichlik 14/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$40,220 mil. (86-)
 • Jon boshiga AQSh$13,400
Pul birligi Rial Omani (OMR)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma MU
Internet domen .om
Telefon prefiksi +968


Ummon — Arabiston ya.o.ning jan.

sharqiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 212,4 ming km2 (gʻarbda chegara choʻldan oʻtganligi uchun aniqbelgilanmagan). Axoliyey 2,7 mln. kishi (2002). Poytaxti — Maskat sh. Maʼmuriy jihatdan 59 viloyatga boʻlinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

U. — sulton boshchiligidagi monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1996 y. 6 noyabrda kabul kilingan. Davlat boshligʻi — sulton (1970 y.dan Qobus bin Sayd). Shoʻro kengashi va Davlat kengashidan iborat Ummon Kengashi maslahat organi mavjud. Ijrochi hokimiyatni sulton va hukumat amalga oshiradi.


Tabiati[tahrir]

U. Fors va Ummon qoʻltiqlari, Arabiston dengizi bilan oʻralgan. Shim. qismini Ummon togʻlari (mamlakatning eng baland nuqtasi 3353 m — Shom togʻi) egallaydi. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi AlBatina pasttekisligida bir qancha vohalar bor. U.ning markaziy qismida Rubʼ ulXoli qumli choʻlining sharqiy chekkasi, jan.

gʻarbida Dofar (Zufar) platosi (bal. 500—1000 m va undan ortiq) joylashgan. Yer ostidan neft, tabiiy gaz, mis, xrom, toshkoʻmir, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush qazib olinadi. Iklimi tropik, hududining katta qismida choʻl iqlimi. Havoning oʻrtacha t-rasi iyunda 32°, yanvar

da 21° (maksimal tra 45—50°). Yillik yogʻin — 150 mm, togʻli joylarda 500—700 mm gacha. U.da muntazam oqar daryolar yoʻq. Yer osti suvlaridan korizpar yordamida keng foydalaniladi. Togʻlar savanna va barg toʻquvchi oʻrmonlar, oʻtloqlar bilan qoplangan. Vohalarda xurmozor va kokos palmazorlari bor. Dofar platosida smola olinadigan ladan va kommifora daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan arab gʻizoli (ohu), tulki, chiyaboʻri, sirtlon uchraydi, qoʻshoyoq, kaltakesak, ilon, qirgʻoqqa yaqin suvda baliq koʻp. VaziSerin qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisining 90%dan koʻprogʻi ummonlar (U. arablari). Balujlar, forslar, Hindiston, Pokiston, Afrika mamlakatlaridan kelganlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Aholining aksariyati Ummon qoʻltigʻi sohillarida istiqomat qiladi. Shahar aholisi 72%. Muhim shaharlari: Maskat, Salala, Sur, Matrah.


Tarixi[tahrir]

Hozirgi U. soqilida mil. av. 4-ming yillikdan Shim. Afrika, Fors qoʻltigʻi mamlakatlari va Hindiston oʻrtasida vositachi savdo markazlari mavjud boʻlgan. 6—5-a.larda U.ning sohil qismlari Axomaniylar xukmronligi ostida boʻlgan. Mil. 6-a.da sosoniy Xisrav I Anushirvon (Nushiravon) qoʻshinlari tomonidan vayron qilindi. 7-a. oʻrtalarida U. Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi, islom dini tarqaldi. 8-a. oʻrtalarida xalifa noibiga qarshi qoʻzgʻolondan soʻng U. mustaqil davlat — imomlikka aylandi, uni imom idora qila boshladi. 9-a. oxirida Abbosiylar U.ni oʻziga itoat qildirdi. 11-a. oxiriga kelib mamlakat yana mustaqillikka erishdi. 1515 y. U.ning barcha sohil qismini portugallar bosib oldi. 1650 y. ozod qilindi. 18-a.ning 2-yarmida Buyuk Britaniya bilan Fransiya U.ni egallash uchun oʻzaro kurash boshladi. 1792 y. imomning ukasi sulton ibn Ahmad U. sohillarini, jumladan, Maskat va AsSohar sh.larini egallab, alohida davlat — Maskat sultonligi tuzilganligini eʼlon qildi. Ayni vaqtda vahhobiylar egallab olgan Fors qoʻltigʻi va Hoʻrmuz boʻgʻozi sohillari U.dan ajralib chiqdi. Shu tariqa 19-a. boshlariga kelib, mamlakat U. imomligi, Maskat sultonligi, U.ning shim. sohili (ingliz adabiyotida "Qaroqchilar Sohili" deb ataladigan hudud)ga boʻlinib ketdi. 19-a.

ning 2-yarmida Maskat bilan "Qaroqchilar Sohili" Angliya protektorati (Maskat va Shartnomali Ummon—hoz. Birlashgan Arab Amirliklari)ga aylantirildi. U. imomligining sohil boʻylaridan mahrum boʻlishi uning savdosotiqdagi mavqeiga putur yetkazadi. 1865, 1886, 1890 y.larda U.da mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonchilar Maskatni U. bilan birlashtirish va Maskat bilan Buyuk Britaniya oʻrtasida tuzilgan asoratli shartnomani bekor qilinishini talab qildilar. Ammo qoʻzgʻolonlar har safar shafqatsizlik bilan bostirildi.

1913 y. imom Salim alXarusiy boshchiligidagi U. kabila qoʻshinlari Maskatning koʻp qismini ozod qildilar. 1920 y. 25 sent.da ingliz mustamlakachilari bilan Maskat sultoni AsSib qishlogʻida U. imomligini mustaqil davlat deb tan oluvchi shartnomani imzoladilar. Biroq U.da yirik neft konlari ochilgach, Angliya qoʻshinlari AsSib shartnomasini buzib, 1955 y. kuzda U.ga bostirib kira boshladi, ingliz ask’arlari va Maskat sultoni Sayd ibn Taymur lashkarlari U.ning Nazva, Rustoq va b. shaharlarini egallab oldi. U. axrlisining bir qismi imom Gʻolib ibn Ali boshchiligida bosqinchilarga qarshi kurash boshladi. 1959 y.ga kelib imomlik hududining anchagina qismi inglizlar qoʻliga oʻtdi. Koʻp ummonliklar vatanini tark etishga majbur boʻldi. 1958 y.dan U. taqdiri masalasi BMTda bir necha bor muhokama qilindi. Osiyo va Afrika mamlakatlarining talabi bilan BMT Bosh Assambleyasining 18-sessiyasi U. masalasi bilan shugullanuvchi maxsus qoʻmita tuzdi. BMT Bosh Assambleyasining 20-sessiyasi (1965) U. hududidan ingliz qoʻshinlarini chiqarib yuborish va U.ga mustaqillik berish haqida qoʻmita taklifini maʼqulladi. 1970 y. oxirida Maskat sultonining oʻgli Qobus bin Sayd Maskat sultonligi bilan U. imomligini birlashtirib, U. Sultonligi tuzilganini eʼlon qildi. U. — 1971 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18- noyabr — Milliy kun (1970).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari yoʻq.

Xoʻjaligi[tahrir]

U. neft va gaz sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Yirik neft konlari ochilganligi tufayli 1967 y.dan neft va gaz qazib olish rivojlana boshladi. Yalpi ichki mahsulotda neft va gaz sanoatining ulushi 38,5%, q.x.ning ulushi 2,9%. Hududining 0,1% da dehqonchilik qilinadi, aholining 75% q.x.da band. Sugʻoriladigan yerlarda yer osti kanallari (korizlar) yordamida voha dehqonchiligi yoʻlga qoʻyilgan. Eksport uchun xurmo (finik palmasi), limon va tamaki ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, bugʻdoy, arpa, sabzavot, poliz ekinlari, makkajoʻxori, paxta, shakarqamish, meva ham yetishtiriladi. Koʻchmanchi badaviylar chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqish) bilan shugʻullanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. I.ch. sanoatida kuvur va plastmassa mahsulotlari, shuningdek, kimyo, neftni qayta ishlash, sement z-dlari, q,x, mahsulotlarini qayta ishlovchi, konditer, unyorma, metallsozlik, mashinasozlik, kemasozlik korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr enrgiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uz. 30,8 ming km; t.y. yoʻq. Asosiy dengiz portlari — Maskat va Matrah. Maskat yaqinidagi AsSib sh.da xalqaro aeroport bor. U. chetga neftdan tashkari neft mahsulotlari, rangli metall, xurmo, quritilgan baliq, tamaki, sitrus mevalar chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, gazlama, qurilish materiallari oladi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — Ummon riali.

Maorifi. 1970-y.lardan xalq maorifini rivojlantirish choratadbirlari kurila boshladi. Diniy maktablar bilan bir qatorda dunyoviy oʻquv yurtlari ochildi. Bolalarga taʼlim berish, ularni darslik, maktab kiyimlari va b.lar bilan taʼminlashni davlat oʻz zammasiga olgan. Yoshlarga kasbhunar oʻrgatuvchi taʼlim markazlari ochilgan. I.t. ishlari Maskat sh.dagi U. madaniy merosi direktorata, U. tarixiy assotsiatsiyasi va b. muassasalarda olib boriladi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. U.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "AlVatan" (arab tilidagi kundalik gaz., 1971 y.dan), "Ummon" (arab tilidagi kundalik gaz.), "Oman deyli observer" ("Ummonning kundalik sharhlovchisi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981 y.dan), "Tayme ofOmon" ("Ummon vaqti", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1975 y.dan). Davlatga karashli U. axborot agentligi 1984 y. tuzilgan. U. Sultonligi radiosi 1970 y., U. televideniyesi 1974 y. tashkil etilgan.

Madaniyati. U. adabiyoti va sanʼati umumarab madaniyatining bir qismi sifatida rivojlanib kelgan. U.ning jan.

gʻarbidagi Dofar viloyatida milodning dastlabki ayerlarida ravnaq topgan AlBalid, Rubat, Taki sh.lari, XorRori (kad. Samxaram) portining xarobalari saqdanib qolgan. Toshdan ibodatxonalar (jumladan, oy maʼbudasiga bagʻishlangan ibodatxonalar) qurilgan, jez haykallar yasalgan (boʻlaklari topilgan). 7-a.da islom dini qabul qilingach, mayejid va madrasalar barpo etila boshladi. 16-a.

dan boshlab, portugallar hukmronligi davrida dengiz sohilidagi Maskat, RasalXayma, Matrah sh.larida, mamlakat ichkarisidagi Nazva, Ibrida mahobatli tosh qoʻrgʻonlar kurildi. U. shaharlari, asosan, oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan. Shaharlardagi uylar 2—3 qavatli, deraza va ayvonlariga panjara tutilgan. Sohilda oʻrnashib olgan baluj va afrikaliklar qamish va bordondan yasalgan, tomi palma yaprogʻi bilan yopilgan kulbalarda yashaydilar. Qad. badiiy hunarmandchilikdan zargarlik (zebziynat buyumlari, qurol, ayniqsa, sopiga oʻyib naqsh solingan chiroyli pichoqlar), mis va sopoldan sirlangan idish, charm buyum (egarjabduq, qamchi, shippak)lar yasash, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kasblari saqdanib qolgan.

Oman (Oman Sultonligi) poytaxti — Maskat shahri. BMT aʼzosi.