Oʻzbekiston akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutiOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish muassasasi; akusherlik va ginekologiya masalalari boʻyicha respublikada yirik ilmiy, tashkiliy-metodik va konsultativ markaz. 1974-yil [[Toshkentda 2-tugʻruqxona qoshida tashkil etilgan, 1981-yildan hozirgi binosida. Institutda 10 ilmiy boʻlim (akusherlik, ginekologiya va h.k.), 200 oʻrinli klinika, klinik ordinatura, doktorantura, ilmiy kutubxona, kunduzgi statsionar va boshqalar bor. 2000-yildan kuniga 200 mijozga moʻljallangan "Oila va nikoh" ilmiy maslahatxonasi (5 boʻlim, laboratoriya, tibbiygenetika, oilani rejalashtirish markazlari, inseminatsiya va fizioterapiyadan iborat) faoliyat koʻrsatadi. Jizzax, Namangan, Nukus va Qarshida institutning filiallari mavjud. 2003-yil institut qoshida sunʼiy urugʻlantirish (ekstrakorporal urugʻlantirish) bilan shugʻullanadigan "Yangi inson" nomli reproduktiv markaz ochildi. Institutda 10 fan doktori, 47 fan nomzodi va 100 dan ziyod malakali ilmiy xodimlar xizmat qiladi (2005). institut xodimlari ayollar, onalar va chaqaloqlarga tibbiy yordam koʻrsatishning yangi tashkiliy tadbirlarini ishlab chiqadi, homiladorlikda kamqonlikning paydo boʻlishi va rivojlanishi sabablarini aniqlash va davolash; aqusherlikda qon ketishining oldini olish, tugʻruqda koʻp qon yoʻqotgan hamda patologik tugʻruq va murakkab ginekologik operatsiyalardan keyin ayol sogʻligʻini qayta tiklash (reabilitatsiya), davolash masalalari boʻyicha tadqiqotlar va ilmiy kuzatuvlar olib boradi; akusherlik patologiyasining turli koʻrinishlarida ona va homila oʻrtasidagi munosabatni, shuningʻdek, ishlab chiqarish omillarining ayol reproduktiv salomatligiga taʼsirini aniklaydi va h.k. Institutda akusherlik va ginekologiya sohalari boʻyicha vrachlar malakasini oshiradi hamda Toshkent tibbiyot pediatriya institutining oʻquv bazasi faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]