Meli Musayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Musayev Melidan yoʻnaltirildi)

Meli Musayev (1914-1969) — sovet-o‘zbek rassomi. O‘zbekiston SSR xalq rassomi (1950).

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meli Musayev 1914-yil 1-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1935-yilda Samarqand rassomchilik bilim yurtini tamomlagan. 1930-yildan O‘zbekiston teatrlarida, jumladan, 1943-1969-yillarda A.Navoiy nomidagi Davlat badiiy teatrida postanovkachi-rassom bo‘lib ishlagan, 1953-yilda A.Spendiaryanning “Almast” operasi (rahbar T.Sodiqov, rejissor S.Muhammedov ) spektakli bezak ishlarini qilgan[1]

El ardoqlagan musavvir 1969-yil 18-dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Bezaklashtirilgan baletlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

•  S.N.Vasilenkoning “Oqbilak” (1943-1946-yillarda)

• L.Delibning "Koppeliya" (1947-yilda)

• G.A.Mushelning “Balerinachi” (1949-1952-yillarda).

• I.V.Morozovning "Doktor Aybolit” (1954-yilda)

• K.A.Qorayevning “Yetti go‘zal” (1955-yilda)

• F.Z.Yarullinning “Shurale” (1956-yilda)

• L.V.Feyginning "Don Juan" (1964-yilda)

• I.I.Akbarovning “Layli va Majnun” (1968-yilda)

• A.Adananing "Korsar” (1968-yilda)

• M.B.Leviyevning “Suhayl va Mehri” (1969-yilda)

• “Muhabbat tumori” M.Ashrafiy (1969-yilda)

Unvon va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Uchinchi darajali Stalin mukofoti – A.Navoiy nomidagi davlat akademik opera va balet teatri sahnasida sahnalashtirilgan T.S.Sodiqov va R.M.Gliyerning “Gulsara” opera spektakli dizayni uchun.

• O‘zbekiston SSR xalq rassomi (1950-yilda).

• Lenin ordeni (1959-yilda)

• ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni

• “Shon-sharaf belgisi” ordeni (1951-yilda)[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]