Gyumridagi qotillik
Gyumridagi qotillik — Armanistonning Gyumri shahrida joylashgan Rossiya 102-harbiy bazasi harbiy xizmatchisi 2015-yilning 12-yanvar kuni mahalliy armanlar — Avetisyan oilasidan olti kishini oʻldirdi. Oʻsha kuni ushbu jinoyatni sodir etgan 102-harbiy baza harbiy xizmatchisi — Valeriy Permyakov arman-turk chegarasini noqonuniy kesib oʻtayotganida qoʻlga olindi.
Qotillik
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 12-yanvar kuni Armanistonning Gyumri shahrida oilaning olti nafari oʻldirilgan edi, shu jumladan ikki yoshli bola. Yana bir olti oylik chaqaloq juda ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi[1][2].
Jinoyat koʻrib chiqilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qotillik yuzasidan Armaniston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi ochildi[3]. Oʻldirilgan oila uyidan tergovchilar ichki tarafida ism va familiya yozilgan harbiy botinkalar topishdi. Shuningdek qotillik «AK-74» avtomati orqali sodir etilgani aniqlandi.
Reaksiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]13-yanvar kuni bir guruh Armaniston fuqarolari Rossiya Federatsiyasining Yerevandagi elchixonasi oldida miting oʻtkazishdi[4]. Ular Armaniston hududidan Rossiya harbiy bazasini chiqarishni talab qilishdi. Norozilik namoyishlari shuningdek Gyumrida ham oʻtkazildi[5]. Norozilik namoyishi, shuningdek Gyumrida ham boʻlib oʻtdi[6].
14-yanvar kuni minglab odamlar Gyumridagi Rossiya harbiy bazasiga bostirib kirishdi va rossiyalik askarni Armaniston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishni talab qilishdi[7][8]. Miting shuningdek Armaniston Prezidenti Serj Sargsyan rezidensiyasi oldida ham boʻlib oʻtdi[9].
Rossiya elchixonasi ushbu noxush vaziyat yuzasidan Armaniston xalqiga taʼziya bildirdi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В Армении задержан российский солдат, подозреваемый в массовом убийстве“. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ Российского военнослужащего, подозреваемого в массовом убийстве, могли подставить, mk.ru
- ↑ „Подозреваемый в массовом убийстве в Армении солдат из РФ передан командиру военной базы“. Interfax. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „У посольства России в Ереване проходит акция в связи с трагедией в Гюмри“. News.am. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ „В Армении потребовали вывести российские войска из Гюмри“. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
- ↑ Suspect in Gyumri Killings Detained at Turkish Border. Asbarez.com
- ↑ Тысячи армян потребовали выдачи российского солдата.
- ↑ Российскую базу в Гюмри окружили тысячи демонстрантов, разгневанных массовым убийством.
- ↑ Многолюдная акция протеста перед президентским дворцом в Ереване
- ↑ Russian soldier in Armenia detained in mass killing of local family — RT News
Vikiomborda Gyumridagi qotillik haqida turkum mavjud |