Shirmer testi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
AdAstraUz (munozara | hissa)
thumbnail|Ko'z yoshi ishlab chiqarilishini aniqlash uchun Shirmer testi'''Shirmer testi''' ko'zning namligini saqlab qolish uchun yetarli miqdorda ko'z yoshlar ishlab chiqarishini aniqlaydi. Ushbu test odamning ko'zlari juda quruqligi yoki ko'z haddan tashqari ko'p namlanganda qo'llaniladi. Bu holatlar shox pardaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin<ref>{{Cite journal|last=Savini|first1=Giacomo|title...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

27-Sentyabr 2023, 15:59 dagi koʻrinishi

Ko'z yoshi ishlab chiqarilishini aniqlash uchun Shirmer testi

Shirmer testi ko'zning namligini saqlab qolish uchun yetarli miqdorda ko'z yoshlar ishlab chiqarishini aniqlaydi. Ushbu test odamning ko'zlari juda quruqligi yoki ko'z haddan tashqari ko'p namlanganda qo'llaniladi. Bu holatlar shox pardaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin[1]. Normal holda sinov natijasi salbiy (5 daqiqada filtr qog'ozida namlik 10 dan mm ortiq) bo'ladi. Odatda ikkala ko'z ham bir xil miqdorda ko'z yoshlarini chiqaradi.

Bu test Otto Shirmer sharafiga nomlangan[2].

Sinov jarayoni

Sjögren' sindromida Shirmer testi=0.00

Sinov kapillyar ta'sir prinsipi asosida ishlaydi, bu ko'z yoshidagi suvning gorizontal kapillyar naychaga o'xshash tarzda sinov qog'ozi chizig'i uzunligi bo'ylab harakatlanishiga imkon beradi. Sinov chizig'i bo'ylab ko'tarilish tezligi ko'z yoshi ishlab chiqarish tezligiga proporsionaldir. Bemorga yuqoriga qarash buyuriladi va bemorning ko'z qovog'i pastga tortiladi. Sinov chizig'ining egilgan uchi ko'zga shunday joylashtiriladiki, u pastki qovoqning konyunktivasi va ko'zning bulbar konyunktivasi o'rtasida joylashadi. Shirmer testi ko'z yoshi ishlab chiqarishni o'lchash uchun ko'zga bir necha daqiqa davomida kiritilgan sinov qog'ozi chiziqlaridan foydalaniladi. Ikkala ko'z ham bir vaqtning o'zida tekshiriladi. Ko'pincha, bu test pastki ko'z qovog'i ichiga filtr qog'ozining kichik chizig'ini joylashtirishdan iborat. Ko'zlar 5 daqiqa yopiladi. Keyin qog'oz chiqariladi va namlik miqdori o'lchanadi. Besh daqiqadan so'ng bemordan test chiziqlarini olib tashlash uchun ikkala ko'zini ochish va yuqoriga qarash so'raladi. Shirmer testining balli chiziqlar namlangan maydonining uzunligi bilan aniqlanadi. Anestetiklardan foydalanish faqat bazal ko'z yoshi sekretsiyasi o'lchanishini ta'minlaydi[3].

Yosh odam normada ko'z yoshi har bir qog'oz tasmasining 15mm ni namlaydi. Gipolakrimatsiya qarish bilan sodir bo'lganligi sababli, oddiy keksa odamlarning 33 foizida 5 daqiqada sinov qog'ozining faqat 10 mmni namlashi mumkin. Sjögren sindromi bo'lgan odamlarda bu ko'rsatkich 5 dan kam bo'ladi.

Shirmer testi natijalarini baholash:

1. Normal: 5daqiqada sinov qog'ozi namlanishi 10mmdan kam bo'lganda[4]
2. Ko'z yoshi yetishmasligi: 5 daqiqada sinov qog'ozi namlanishi 5mm dan kam bo'lishi[4]

Testning alternativlari

Ushbu test bir asrdan ko'proq vaqt davomida foydalanib kelinayotgan bo'lsa ham, bir nechta klinik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ko'zlarida quruqlik bo'lgan bemorlarning katta guruhini to'g'ri aniqlay olmaydi. Hozirda ko'z yoshi hosil bo'lishi va funksiyasini tekshirishning yangi va yaxshiroq sinovlari ishlab chiqilmoqda.

  • Shunday sinovlardan biri laktoferrin deb ataladigan temirni bog'laydigan molekulani o'lchaydi. Ushbu molekulaning miqdori ko'z yoshi hosil bo'lishi bilan bog'liq. Ko'z yoshi kam bo'lgan va ko'zlarida quruqlik bo'lgan bemorlarda bu molekulaning darajasi past bo'ladi. Ushbu test ko'zlarida quruqlik bo'lgan bemorlar uchun ayniqsa kerakli bo'lishi mumkin, chunki u ko'z quruqligini davolashning o'ziga xos strategiyalarini ko'rsatishi mumkin.
  • Lakrimatsiya normada ko'z yoshlarida topilgan lizotsimning tarkibi uchun ham tekshirilishi mumkin.
  • Yana bir test ko'zga joylashtirilgan bo'yoqni o'z ichiga olgan flüoresan ko'z tomchilarini qo'llashni o'z ichiga oladi. Bo'yoq 2 minut ichida lakrimal kanal orqali ko'z yoshlari bilan burunga tushishi kerak. Bemorlarda bo'yoqni burungacha kelishi uchun yetarli ko'z yoshlari bo'lmasa, bu vaqt uzoqroq bo'ladi.

Ko'zning quruqligi

Ko'zlar quyidagi hollarda qurishi mumkin[5]:

Ko'z yoshining burunga oqib chiqa olmasligi quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin:

  • Ba'zi ko'z infeksiyalari
  • Ko'z yoshi kanalining bloklanishi

Manbalar

  1. Savini, Giacomo (March 2008). "The challenge of dry eye diagnosis". Clinical Ophthalmology 2 (1): 31–55. doi:10.2147/opth.s1496. PMID 19668387. PMC 2698717. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2698717. 
  2. „Ophthalmologist and eponyms“.
  3. Brott, Nathan R. „Schirmer Test“,. StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  4. 4,0 4,1 Brott, Nathan R. „Schirmer Test“,. StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  5. Ervin, Ann-Margret; Law, Andrew; Pucker, Andrew D (26 June 2017). "Punctal occlusion for dry eye syndrome". Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (6): CD006775. doi:10.1002/14651858.cd006775.pub3. PMID 28649802. PMC 5568656. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5568656.