Kontent qismiga oʻtish

Pterigium: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
SanjarStamov (munozara | hissa)
Pterygium (eye)“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

24-oktyabr 2022, 15:13 dagi koʻrinishi

Ko'z pterigiumi – kon'yunktiva shilliq qatlamining ichki, shox pardaning tashqi qismidan o`sib chiquvchi muskulli o`simta[1]. Odatda shox pardaning medial qismidan boshlanadi va asta-sekinlik bilan o`sib boradi[2]. Lekin kamdan-kam hollarda ko`z qorachig`ini yopib qo`yadigan darajagacha kattalashib, ko`rish funksiyasini buzib qo`yadigan holatlarga olib keladi[1]. Ikkala ko`zda ham bir xilda uchrashi mumkin[3].

Kasallik kelib chiqishi sababi aniq emas[1]. Lekin xavfli omillari sifatida qisman ultrabinafsha nurlar va changning uzoq muddatli ta'sir qilishini olish mumkin[1][2]. Bu kasallikning kelib chiqishida genetik omil ham katta ahamiyatga ega[4][5].

Pterigiumni oldini olish uchun quyosh nuridan saqlanish maqsadida qora ko`zoynak va shlyapalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir[1]. Bu kasallik ko`rish qobiliyatiga ta`sir qilgan holatlardagina jarrohlik amaliyoti bajarilishi tavsiya etiladi[1]. Jarrohlikdan keyin pterigium taxminan 50% holatlarda qaytalanishi mumkin[1][5].

Kasallikning uchrash chastotasi dunyoning turli mintaqalarida 1% dan 33% gacha o'zgarib turadi[6]. U ayollarga qaraganda erkaklarda va ekvatorga yaqinroq yashaydigan odamlarda ko`proq uchraydi[6].  

Klinik belgilari

Kichik pterigium
Katta birlamchi pterigium (ko'z qorachig'ini to`sib qo`yadi)

Pterigiumning klinik belgilari ko`zning doimiy qizarishi, yallig'lanish, yot jism tushganligi sezgisi, ko`zning quruqligi va qichishishni o'z ichiga oladi[7][8]. Murakkab holatlarda pterigium ko'rish funksiyasiga ta'sir qilishi mumkin[8]. Chunki u shox pardaning optik markazini to'sib qo'yib, astigmatizm va shox parda chandiqlarini keltirib chiqarishi mumkin[9]. Ko'pgina bemorlar ko'zning tashqi ko'rinishidagi o`zgarishlar yoki yuqoridagi ba'zi klinik belgilari bilan shikoyat qilib, oftalmolog huzuriga keladilar..

Etiologiyasi

Aniq etiologiyasi noma'lum. Ammo bu kasallikning kelib chiqishida shamol, quyosh nuri yoki qumning haddan tashqari ta'siri muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ekvator yaqinidagi hududlarda, shuningdek, shamoliy hududlarda yashovchi populyatsiyalarda ko'proq uchraydi. Bundan tashqari, pterigium erkaklarda ayollarga qaraganda ikki baravar ko'proq uchraydi.

Patologiyasi

Qon tomirlari (tasvirning chap pastki qismida) va elastik kollagen (tasvir markazida) bilan bog'langan kon'yunktivaning mikrografigi. Bu tasvir pterigiumda ko'rinadi.

Konyunktivadagi pterigium kollagenning elastotik degeneratsiyasi (aktinik elastoz[10]) va fibrovaskulyar proliferatsiyasi bilan tavsiflanadi. Uning bosh qismi deb ataladigan oldinga o`sib boradigan qismi mavjud bo'lib, u pterigiumning asosiy tanasiga bo'yin orqali bog'langan.


Pterigium bir necha segmentlardan tashkil topadi:

  • Fuchs yamoqlari (pterigium boshi yaqinida tarqaladigan mayda kulrang dog'lar)
  • Hood (pterigiumning tolali bo'lmagan qismi)
  • Boshi (pterigiumning cho'qqisi, odatda ko'tarilgan va yuqori qon tomirli qismi)
  • Tanasi (go'shtli ko'tarilgan qismi)
  • Yuqori qirrasi (pterigiumning uchburchak yoki qanot shaklidagi qismining yuqori qirrasi)
  • Pastki qirrasi (pterigiumning uchburchak yoki qanot shaklidagi qismining pastki qirrasi).

Diagnostika

Pterigiumni obyektiv tekshiruvlar orqali tashxislash mumkin. Shuningdek, jarrohlik amaliyoti o`tkazilishidan oldin qo`shimcha shox parda topografiyasi haqidagi ma`lumotlarni beruvchi tekshiruv usullaridan foydalaniladi[11][12].

Differensial diagnostika

Pterigiumni gistologik va etiologik jihatdan pterigiumga o'xshash pingviakuladan ajratish kerak[13][14]. Pterigiumdan farqli o'laroq, pingviakula faqat kon'yunktivada ko'rinib, limb yoki shox pardaga o'tmaydi.

Pterigiumga o'xshash yana bir holat - bu kon'yunktivaning psevdopterigium deb nomlanuvchi shox pardaga yallig'lanishli yopishishi hisoblanadi. Pterigiumdan farqli o'laroq, u shox pardaning har qanday joyida paydo bo'lishi mumkin va yopishqoqlik odatda uning cho'qqisi bilan chegaralanadi[14].

Profilaktikasi

Pterigiumning profilaktikasi maqsadida, haddan tashqari quyoshli va shamolli vaqtlarda ko`zni himoyalovchi ko`zoynaklardan foydalanish mumkin[15]. Bundan tashqari profilaktika va rivojlanib ketishini oldini olish maqsadida ko`z suyuqligini o`rnini bosuvchi, namlantirib turuvchi vositalardan ham foydalanish mumkin[16][17].

Davolash

Agar pterigium vizual muammolarni keltirib chiqaradigan darajada o'smasa, odatda jarrohlik talab qilinmaydi[1]. Ko`z achishishi kabi simptomlarni sun`iy ko`z tomchilari bilan bartaraf etish mumkin[1].

Jarrohlik

Pterigiumni olib tashlash operatsiyasi

Cochrane tekshiruvi shuni ko'rsatdiki, kon'yunktival avtotransplantatsiya operatsiyasi amniotik membranani transplantatsiya qilish operatsiyasi bilan solishtirilganda 6 oyda pterigiumning qaytalanishi ehtimoli birinchi operatsiyada kamroq bo`lgan[18].

Avtotransplantatsiya

Konyunktival avtotransplantatsiya - bu pterigiumni olib tashlashning samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi[19]. Pterigium olib tashlanganda, Tenons qatlami deb nomlanuvchi sklerani qoplaydigan to'qima ham chiqariladi. Avtotransplantatsiya yordamida olib tashlangan sklerani o`rni kon'yunktiva to'qimasi bilan qoplanadi.

.

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Facts About the Cornea and Corneal Disease | National Eye Institute“ (en). The National Eye Institute (NEI) (2016-yil may). 2017-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-aprel.
  2. 2,0 2,1 Yanoff, Myron. Ophthalmology (en). Elsevier Health Sciences, 2009 — 364 bet. ISBN 978-0323043328. 
  3. Smolin, Gilbert. Smolin and Thoft's The Cornea: Scientific Foundations and Clinical Practice (en). Lippincott Williams & Wilkins, 2005 — 1003, 1005 bet. ISBN 9780781742061. 
  4. Anguria, P; Kitinya, J; Ntuli, S; Carmichael, T (2014). "The role of heredity in pterygium development.". International Journal of Ophthalmology 7 (3): 563–73. doi:10.3980/j.issn.2222-3959.2014.03.31. PMID 24967209. PMC 4067677. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4067677. 
  5. 5,0 5,1 Halperin, Edward C.. Perez and Brady's Principles and Practice of Radiation Oncology (en). Lippincott Williams & Wilkins, 2008 — 778 bet. ISBN 9780781763691. 
  6. 6,0 6,1 Droutsas, K; Sekundo, W (June 2010). "[Epidemiology of pterygium. A review]." (de). Der Ophthalmologe: Zeitschrift der Deutschen Ophthalmologischen Gesellschaft 107 (6): 511–2, 514–6. doi:10.1007/s00347-009-2101-3. PMID 20393731. 
  7. Coroneo, MT (November 1993). "Pterygium as an early indicator of ultraviolet insolation: a hypothesis". Br J Ophthalmol 77 (11): 734–9. doi:10.1136/bjo.77.11.734. PMID 8280691. PMC 504636. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=504636. 
  8. 8,0 8,1 Kunimoto, Derek. The Wills eye manual: office and emergency room diagnosis and treatment of eye disease., 4th, Philadelphia, PA: Lippincott Williams & Wilkins, 2004 — 50–51 bet. ISBN 978-0781742078. 
  9. Fisher, J.P.; Trattler, W.B. (12 January 2009). Pterygium. Archived from the original on 17 March 2010. https://web.archive.org/web/20100317163254/http://emedicine.medscape.com/article/1192527-overview. 
  10. Klintworth, G „24; The eye and ocular adnexa“,. Sternberg's Diagnostic Surgical Pathology, 5th Stacey: , 26 August 2009. ISBN 978-0-7817-7942-5. 
  11. „Pterygium: MedlinePlus Medical Encyclopedia“. medlineplus.gov. 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  12. „Pterygium Workup: Imaging Studies, Procedures“. emedicine.medscape.com. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  13. „Pinguecula - EyeWiki“ (en). eyewiki.aao.org.
  14. 14,0 14,1 John F, Salmon „Conjunctiva“,. Kanski's clinical ophthalmology: a systematic approach, 9th, Elsevier, 13 December 2019 — 198 bet. ISBN 978-0-7020-7711-1. 
  15. Mackenzie F.D., Hirst L.W., Battistutta D., Green A. (1992). "Risk Analysis in the Development of Pterygia". Ophthalmology 99 (7): 1056–1061. doi:10.1016/s0161-6420(92)31850-0. PMID 1495784. 
  16. Lee G.A., Hirst L.W., Sheehan M. (1994). "1994 Knowledge of Sunlight Effects on the Eyes and Protective Behaviours in the General Community". Ophthalmic Epidemiology 1 (2): 67–84. doi:10.3109/09286589409052363. PMID 8790614. https://semanticscholar.org/paper/0f70787dde476c55cd14a65c2768305353d665c8. 
  17. Lee G., Hirst L.W., Sheehan M. (1999). "1999 Knowledge of Sunlight effects on the eyes and protective behaviors in adolescents". Ophthalmic Epidemiology 6 (3): 171–180. doi:10.1076/opep.6.3.171.1501. PMID 10487972. 
  18. "Conjunctival autograft for pterygium". Cochrane Database Syst Rev 2016 (2): CD011349. 2016. doi:10.1002/14651858.CD011349.pub2. PMID 26867004. PMC 5032146. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5032146. 
  19. Myron, Yanoff „Cornea and ocular surface diseases“,. Ophthalmology, 5th, Edinburgh: Elsevier, 2019 — 310 bet. ISBN 978-0-323-52821-4. OCLC 1051774434.