Qorin boʻshligʻining rentgenogrammasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
SanjarStamov (munozara | hissa)
Abdominal x-ray“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

30-Sentyabr 2022, 16:04 dagi koʻrinishi

 

Qorin bo'shlig'ining rentgenogrammasi bu qorin bo'shlig'ini rentgen nurlari yordamida tekshirish usuli hisoblanadi. Ba'zan u BSQ deb qisqartirilgan holda ham ishlatiladi ( buyraklar, siydik yo'llari va siydik pufagi uchun).

Ko'rsatmalar

Qorin bo'shlig'ining rentgenogrammasi ko`proq kasalliklarning o`tkir davrlarida o`tkazilib, quyidagi patologiyalarni tashxislashda muhim ahamiyatga ega:

  • Ichak tutilishi yoki oshqozon-ichak perforatsiyasiga shubha qilingan holatlarda. Qorin bo'shlig'ining rentgenogrammasi orqali ichak tutilishi natijasida kengaygan ichak qovuzloqlarini ko'rish mumkin[1].
  • Ovqat hazm qilish tizimidagi yot jismlarni ko`rishda[1]
  • Invaginatsiyaga shubha qilingan hollarda ham qorin bo'shlig'ining rentgenogrammasi qo`llaniladi. Bu tekshiruv usuli invaginatsiyani tashxislashda yordam bermasada, oshqozon-ichak tizimidagi perforatsiya yoki obstruktsiyani istisno qilish uchun differentsial tashxisda foydalidir[1].

Ammo, kompyuter tomografiyasi qorin bo'shlig'i shikastlanishini tashxislash uchun eng yaxshi alternativ tekshirish usuli hisoblanadi[1].

Kompyuter tomografiyasi jarrohlik amaliyotini yaxshiroq rejalashtirishni va keraksiz laparotomiyalarni kamaytirish imkonini beradi. Shuning uchun shoshilinch yordam bo'limida o'tkir qorin og'rig'i bo'lgan katta yoshli bemorlar uchun odatda qorin bo'shlig'ining rentgenogrammasi tavsiya etilmaydi[2].

Tekshiruvni o`tkazish usullari

Qorin bo'shlig'i rentgenogrammasining standarti bo`yicha odatda yotgan holatda bitta anteroposterior proyeksiyada tasvir olinadi[3]. Ingichka ichak tutilishini istisno qilish uchun esa ikkita proyeksiyada tasvirlar olinadi. Bular bemor yotgan va tik turgan (bu havo suyuqlik darajasini aniqlash uchun etarli) holatidagi olinadigan tasvirlardir.

Rentgenogrammada jigarning (yoki diafragmaning) yuqori qismidan qov simfiziga qadar bo`lgan hudud to`liq ko`rinishi kerak. Rentgen tasvirida qorin bo'shlig'ining quyidagi organlarining tasvirlarini ko`rishimiz mumkin - jigar, taloq, oshqozon, ichak, oshqozon osti bezi, buyraklar va siydik pufagi.

BSQ

BSQ rentgenogrammasida ko'rilgan yosh boladagi ich qotishi. Doiralar najas moddasining yig`ilganligini ko`rsatadi (najas shaffof bo'lmagan oq rangda bo`lib, qora rangdagi ichak gazlari bilan o'ralgan (oq rangsiz skelet suyaklari va mushaklar bilan adashtirmaslik kerak)).

BSQ B buyraklar, S Siydik yo`llari va Q qovuq degan ma'noni anglatadi. BSQ tekshiruvida diafragma ko`rinishi shart bo`lmaydi. Bunda olingan tasvir qov simfizidan boshlab buyraklarning yuqori tomonlarigacha bo'lgan butun siydik tizimini o'z ichiga oladi[4][5].

BSQ - qorin bo'shlig'ining tekis frontal rentgenogrammasidir. U bilan birga ko'pincha ko'krak qafasining tik posterioanterior proyeksiyasidagi (diafragma ostidagi havoni istisno qilish uchun) va tik turgandagi qorinning (oshqozon-ichak havosi/suv darajasini tekshirish orqali obstruksiyani farqlash uchun) tasvirlari ham olinadi.

Nomiga qaramay, BSQ odatda buyraklar, siydik yo'llari yoki siydik pufagi patologiyasini tekshirish uchun ishlatilmaydi. Chunki bu tuzilmalarni baholash qiyin (masalan, ichakdagi gazlar tufayli buyraklar ko'rinmasligi mumkin). Ushbu tuzilmalarni rentgenologik baholash uchun tomir ichiga kontrast modda yuborish yordamida o`tkazilgan pyelogramma deb ataladigan usul tarixan qo'llanilgan va bugungi kunda ko'plab muassasalarda KT urografiyasi asosiy tekshiruv usuli sifatida qo`llaniladi[6].

BSQ odatda buyraklardagi toshlar, ichak tutilishi, o't pufagi toshlari kabi oshqozon-ichak va buyrak kasalliklarini tekshirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, BSQ ko'pincha ich qotishini tashxislashda ham samarali hisoblanadi. Chunki rentgenogrammada axlatni osongina ko'rish mumkin.

Oshqozon-ichak trakti

Oshqozon ichak traktining yuqori qismlarini rentgen yordamida tekshirishda kontrast moddalardan foydalaniladi. Misol uchun bariy sulfatni suv bilan aralashtirib bo`tqa tayyorlanadi va bemorlarga ichishi so`raladi. Bariy sulfat enteral qabul qilingandan so`ng raqamli ravishda rentgen suratlari olinadi. Bariy sulfat oshqozon-ichak traktining ichki devorini qoplab, rentgen plyonkasida oq rangda ko`rinadi va oshqozon-ichak traktining tegishli qismlarining ko'rinishini kuchaytiradi.

Oshqozon ichak traktining pastki qismlarini rentgenologik tekshiruvlarida ham kontrast moddalar foydalaniladi. Ammo pastki qism organlarini tekshiruvida kontrast modda og`iz orqali emas, balki to`g`ri Ichak orqali huqna qilib bemor organizmiga kiritiladi. Bu usul bilan yoʻgʻon ichakni tekshirish mumkin.

Yana qarang

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Radiology - Acute indications“. Royal Children's Hospital, Melbourne. Qaraldi: 2017-yil 23-iyul.
  2. Boermeester, Marie A; Gans, Sarah L.; Stoker, J; Boermeester, Marie A (2012). "Plain abdominal radiography in acute abdominal pain; past, present, and future". International Journal of General Medicine 5: 525–33. doi:10.2147/IJGM.S17410. ISSN 1178-7074. PMID 22807640. PMC 3396109. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3396109. 
  3. „Abdomen X-ray system and anatomy - Image data and quality“. Radiology Masterclass. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar.
  4. Frank, Eugene D.. Merrill's Atlas of Radiographic Positioning & Procedures, 12, St. Louis, MO: Mosby Inc., 2012. ISBN 978-0-323-07334-9. 
  5. Bontrager, Kenneth L.. Textbook of Radiographic Positioning and Related Anatomy, 6, St. Louis, MO: Mosby, Inc., 2005. ISBN 978-0-323-02507-2. 
  6. Paul Schmitz, MD, et al. Medscape. Kidneys, ureters, and bladder imaging: plain films of the abdomen. Updated 27 Aug 2015.