Oʻn ikki barmoqli ichak saratoni: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
SanjarStamov (munozara | hissa)
Duodenal cancer“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Sentyabr 2022, 16:03 dagi koʻrinishi

O'n ikki barmoqli ichak saratoni - bu ingichka ichakning bir qismi, ya`ni o'n ikki barmoqli ichakda joylashgan o`smadir. O'n ikki barmoqli ichak saratoni oshqozon saratoni va kolorektal saratonga nisbatan kamroq uchraydi. Uning gistologiyasi tekshirib ko`rilganda odatda adenokarsinoma ekanligi aniqlanadi.

Bu saratonning rivojlanishida adenomatoz polipoz (FAP), Gardner sindromi, Linch sindromi, Muir-Torre sindromi, celiac kasalligi, Peutz-Jeghers sindromi, Kron kasalligi, yuvenil polipozi sindromi kabi simptom va kasalliklar xavf omili hisoblanadi[1].

O'n ikki barmoqli ichak - ingichka ichakning birinchi qismi bo`lib, oshqozon va och ichak o'rtasida joylashadi. Oziq-ovqatlar oshqozon kislotasi bilan aralashganidan so'ng, ular o'n ikki barmoqli ichakka tushadi. U yerda jigar tomonidan ishlab chiqariladigan safro kislotalari va me`da osti bezining ovqat hazm qilish suyuqligi bilan aralashadi.

Simptomlari

Saraton massasi oziq-ovqatning ingichka ichakka tushishiga to'sqinlik qiladi. Agar oziq-ovqat ichakka kira olmasa, buning natijasida og'riq, kislotali oqim va vazn yo'qotilishi kelib chiqadi. Chunki oziq-ovqat tanada qayta ishlanishi va so'rilishi kerak bo'lgan ichak qismlariga yetib bora olmaydi.

O'n ikki barmoqli ichak saratoni bilan og'rigan bemorlarda qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, surunkali oshqozon-ichakdan qon ketishi va vazn yo'qotilishi belgilari kuzatiladi.

Davolash

Bu kabi saraton kasalliklarida odatda rezeksiya amaliyoti qo`llaniladi[2]. Ammo o'n ikki barmoqli ichak saratonini jarrohlik yo'li bilan olib tashlash qiyin.Chunki u joylashgan sohada ko`plab muhim ahamiyatli qon tomirlari mavjud. Ba'zida saratonni rivojlanib ketishini oldini olish maqsadida kimyoterapiya ham qo'llaniladi. Bundan tashqari ichaklar orasida anastomoz hosil qilish amaliyotlari ham bajariladi.

Whipple protsedurasi - bu saraton kasalliklarida qo`llaniladigan amaliyot turlaridan biridir. Ushbu protsedurada odatda o'n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezining bir qismi (bosh) va o't pufagi rezeksiya qilinadi. Ingichka ichak pilorik qismga (oshqozon pastki qismidagi qopqoq) va jigar, oshqozon osti bezidan ajralib chiqqan sekretsiya mahsulotlarini olib keluvchi kanallar esa pilorik qismga ulangan ingichka ichakka olib kelinadi.

Oshqozon osti bezining bir qismini olib tashlash ko'pincha fermentlar yetishmovchiligini yuzaga keltiradi va buning natijasida fermentlarni o`rnini bosish uchun enteral dori vositalari buyuriladi.

Manbalar

  1. "Duodenal carcinoma at the ligament of Treitz. A molecular and clinical perspective". BMC Gastroenterol 10: 109. 2010. doi:10.1186/1471-230X-10-109. PMID 20849628. PMC 2949773. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2949773. 
  2. "Utility of a prognostic nomogram designed for gastric cancer in predicting outcome of patients with R0 resected duodenal adenocarcinoma". Annals of Surgical Oncology 14 (11): 3159–67. November 2007. doi:10.1245/s10434-007-9542-1. PMID 17680313.