Abdulrazzoq Gurnah: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Usmonip (munozara | hissa)
Abdulrazak Gurnah“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

22-Iyul 2022, 08:29 dagi koʻrinishi


Abdulrazzak Gurnah FRSL (1948-yil 20-dekabrda tug'ilgan - Tanzaniyada tavallud topgan britaniyalik yozuvchi va akademik. U Zanzibar sultonligida tug'ilgan va 1960-yillarda Zanzibar inqilobi paytida qochqin sifatida Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tgan[1]. Uning romanlari orasida Buker va Whitbread mukofotlari uchun qisqa ro'yxatga kiritilgan "Jannat" (1994); "Tark" (2005); hamda Buker mukofotining longlisti va <i id="mwHg">Los-Anjeles Tayms</i> kitob mukofotining qisqa ro'yxatiga kiritilgan “Dengiz bo'yida” (2001) kabi asarlari mashhur.

Gurnah 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan “madaniyatlar va qit’alar o‘rtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun” taqdirlangan[1][2][3]. U Kent universitetining ingliz va postkolonial adabiyot bo'yicha faxriy professori[4].

Yoshlik va ta'lim

Abdulrazzak Gurnah 1948-yil 20-dekabrda[5]. Zanzibar sultonligida tug‘ilgan[6]. U 18 yoshida Zanzibar inqilobi natijasida arab elitasi hukmronligi ag'darilib, keyinchalik Tanzaniyaning bir qismiga aylangan orolni tark etib[3] [1], 1968-yilda qochqin sifatida Angliyaga kelgan. U arab naslidan bo'lib[7], otasi va amakisi Yamandan ko'chib kelgan tadbirkorlar edi[8].

U dastlab Kenterberidagi Christ Church kollejida tahsil olgan, o'sha paytda ushbu kollejning diplomlari London universiteti tomonidan taqdim etilardi[9]. Keyin u Kent universitetiga oʻtdi va 1982-yilda “Gʻarbiy Afrika fantastikasini tanqid qilish mezonlari” [10] nomli dissertatsiya bilan doktorlik unvonini qoʻlga kiritdi[6].

Kasbiy faoliyat

Gurnah 1980-yildan 1983-yilgacha Nigeriyadagi Kano Bayero universitetida ma'ruzachi bo'lib ishladi. Keyin Kent universitetida ingliz va postkolonial adabiyot professori unvonini olgach, u yerda 2017-yilgacha, ya'ni nafaqaga chiqqunicha[3][11] dars berdi; yozuvchi ayni damda ushbu universitetda ingliz va postkolonial adabiyot bo'yicha faxriy professor hisoblanadi[12].

Gurnahning romanlari tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, ular tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmagan va baʼzi hollarda Buyuk Britaniyadan tashqarida chop etilmagan[13]. U 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganidan so‘ng, uning asarlariga talab ortishi natijasida nashriyotlar va kitob sotuvchilari raqobatga kirishishdi[13][14]. Nobel mukofoti e'lon qilinganidan keyingina Gurnah amerikalik noshirlardan o'zining "Afterlives" romani uchun takliflar oldi; Riverhead Books ushbu asarni 2022-yil avgust oyida chop etishni rejalashtirmoqda. Riverhead, shuningdek, gurnahning ilgari bosmadan chiqqan ikkita asari "Dengiz bo'yida" ("By the sea") va "Tark" ("Desertion") uchun nashr huquqlarni qo'lga kiritdi[14].


Mukofot va unvonlar

Gurnahning 1994-yilda yozilgan “Jannat” romani “Buker”, “Whitbread” va “Yozuvchilar gildiyasi” mukofotlari shortlistiga hamda Daniya tilidagi eng yaxshi tarjimasi uchun ALOA mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan[15]. Uning “Dengiz bo‘yida” (2001) romani Bukerning longlistiga va <i id="mwxA">Los-Anjeles Tayms</i> kitob mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan[15], "Tark" (2005) esa 2006 yilgi Hamdo‘stlik yozuvchilari mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy olgan[15][16].

Gurnah 2006-yilda Qirollik adabiyot jamiyati a'zosi etib saylandi[17]. 2007-yilda “Dengiz boʻyida” asari uchun Fransiyada RFI Témoin du Monde (Dunyo guvohi) mukofotini qoʻlga kiritdi[18].

2021-yil 7-oktabrda "madaniyatlar va qit'alar o'rtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun" adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi[2][3][1]. Gurnah 1993-yilda mukofotni qo‘lga kiritgan Toni Morrisondan keyingi birinchi qora tanli[3][14] va 2007-yilda laureat bo'lgan Doris Lessingdan keyingi birinchi afrikalik yozuvchi hisoblanadi[11][19].

Shaxsiy hayot

Gurnah Angliyaning Kenterberi shahrida[20] yashaydi, Britaniya fuqaroligiga ega[21]. U Tanzaniya bilan yaqin aloqada, u yerda oilasi borligini, imkon bo'lganda u yerga qaytishini nazarda tutuib aytadi: "Men u yerdanman. Qalban u yerda yashayman”[22].

Asarlar

Romanlar

  • Ketish xotirasi (1987)[23]
  • Ziyorat yo‘li (1988)[24]
  • Dotti (1990)[25]
  • Jannat (1994)[26] ( Buker mukofoti[27] va Whitbread mukofoti[27] uchun qisqa ro'yxatga kiritilgan)
  • Admring Silnece (1996)[28]
  • Dengiz bo'yida (2001)[26] (Buker mukofoti uzun ro'yxatiga kiritilgan[29] va <i id="mwAR0">Los-Anjeles Tayms</i> kitob mukofoti qisqa ro'yxatiga kiritilgan)[29]
  • Desertion (2005)[30]
  • So'nggi sovg'a (2011)[31]
  • Tosh yurak (2017)[32]
  • Afterlives (2020)[33]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Nobel Literature Prize 2021: Abdulrazak Gurnah named winner“ (en-GB). BBC News (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "bbc20211007" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 „The Nobel Prize in Literature 2021“. NobelPrize.org (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Flood, Alison. „Abdulrazak Gurnah wins the 2021 Nobel prize in literature“ (en). The Guardian (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "flood2021" defined multiple times with different content
  4. „Professor Abdulrazak Gurnah“. University of Kent | School of English (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
  5. Loimeier, Manfred „Gurnah, Abdulrazak“,. Metzler Lexikon Weltliteratur: Band 2: G–M (de) Ruckaberle: . Springer, 30 August 2016 — 82–83 bet. ISBN 978-3-476-00129-0. 2021-yil 7-oktyabrda qaraldi. 
  6. 6,0 6,1 King, Bruce. The Oxford English Literary History Bate: . Oxford: Oxford University Press, 2004 — 336 bet. ISBN 978-0-19-957538-1. OCLC 49564874. 
  7. „Abdulrazak Gurnah wins the Nobel prize in literature for 2021“. The Economist (2021-yil 7-oktyabr).
  8. Sveriges Television AB, Nobel 2021: Porträtten – Litteraturprisporträttet (shved), qaraldi: 2021-12-09
  9. Hand, Felicity „Abdulrazak Gurnah (1948–)“,. The Literary Encyclopedia. 2021-yil 7-oktyabrda qaraldi. 
  10. Annual Bibliography of English Language and Literature for 1986 Erskine: . W. S. Maney & Son, 1989 — 588 bet. ISBN 0-947623-30-2. 
  11. 11,0 11,1 Alter, Alexandra; Marshall, Alex. „Abdulrazak Gurnah Is Awarded the Nobel Prize in Literature“ (en-US). The New York Times (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "altermarshall20211007" defined multiple times with different content
  12. Attree. „Nobel Prize winner Abdulrazak Gurnah: An introduction to the man and his writing“. The World (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  13. 13,0 13,1 Alter, Alexandra. „He Won the Nobel. Why Are His Books So Hard to Find?“ (en-US). The New York Times (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  14. 14,0 14,1 14,2 Alexandra Alter. „Why one Nobel Laureate is struggling to sell books in America“. Independent (2021-yil 5-noyabr). 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Alter" defined multiple times with different content
  15. 15,0 15,1 15,2 „Abdulrazak Gurnah: Influencing policymakers, cultural providers, curricula, and the reading public worldwide via new imaginings of empire and postcoloniality“. REF 2014 | Impact Case Studies. Qaraldi: 2021-yil 14-oktyabr.
  16. „We Congratulate 2021 Nobel Laureate for Literature Abdulrazak Gurnah“. The Authors Guild (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-oktyabr.
  17. „Abdulrazak Gurnah“ (en-GB). Royal Society of Literature. 2020-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  18. Fruchon-Toussaint. „Abdulrazak Gurnah, Prix RFI Témoin du Monde 2007“ (fr). RFI (2007-yil 8-mart). 2021-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
  19. Lall. „Abdulrazak Gurnah: the truth-teller's tale“. openDemocracy (2021-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
  20. Shariatmadari. „'I could do with more readers!' – Abdulrazak Gurnah on winning the Nobel prize for literature“ (en). The Guardian (2021-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  21. „Can the Nobel Prize 'revitalize' African literature?“ (en). Deutsche Welle (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  22. Awami. „In Tanzania, Gurnah's Nobel Prize win sparks both joy and debate“. Al Jazeera (2021-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  23. Hand, Felicity (15 March 2015). "Searching for New Scripts: Gender Roles in Memory of Departure" (en). Critique: Studies in Contemporary Fiction 56 (2): 223–240. doi:10.1080/00111619.2014.884991. ISSN 0011-1619. Archived from the original on 7 October 2021. https://web.archive.org/web/20211007151627/https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/00111619.2014.884991. Qaraldi: 7 October 2021. Abdulrazzoq Gurnah]]
  24. Mirmotahari, Emad (May 2013). "From Black Britain to Black Internationalism in Abdulrazak Gurnah's Pilgrims Way" (en). English Studies in Africa 56 (1): 17–27. doi:10.1080/00138398.2013.780679. ISSN 0013-8398. Archived from the original on 7 October 2021. https://web.archive.org/web/20211007151628/https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/00138398.2013.780679. Qaraldi: 7 October 2021. Abdulrazzoq Gurnah]]
  25. Lewis, Simon (May 2013). "Postmodern Materialism in Abdulrazak Gurnah's Dottie : Intertextuality as Ideological Critique of Englishness" (en). English Studies in Africa 56 (1): 39–50. doi:10.1080/00138398.2013.780680. ISSN 0013-8398. 
  26. 26,0 26,1 Kohler, Sophy (4 May 2017). "'The spice of life': trade, storytelling and movement in Paradise and By the Sea by Abdulrazak Gurnah" (en). Social Dynamics 43 (2): 274–285. doi:10.1080/02533952.2017.1364471. ISSN 0253-3952. 
  27. 27,0 27,1 „Nobel Prize in Literature 2021: Abdulrazak Gurnah honoured“ (en). The Irish Times (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  28. Olaussen, Maria (May 2013). "The Submerged History of the Indian Ocean in Admiring Silence" (en). English Studies in Africa 56 (1): 65–77. doi:10.1080/00138398.2013.780682. ISSN 0013-8398. 
  29. 29,0 29,1 „Abdulrazak Gurnah“ (en). Booker Prize. 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  30. Mars-Jones. „It was all going so well“ (en). The Observer (2005-yil 15-may). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  31. Kaigai, Kimani (May 2013). "At the Margins: Silences in Abdulrazak Gurnah's Admiring Silence and The Last Gift" (en). English Studies in Africa 56 (1): 128–140. doi:10.1080/00138398.2013.780688. ISSN 0013-8398. 
  32. Bosman, Sean James (3 July 2021). "'A Fiction to Mock the Cuckold': Reinvigorating the Cliché Figure of the Cuckold in Abdulrazak Gurnah's By the Sea (2001) and Gravel Heart (2017)" (en). Eastern African Literary and Cultural Studies 7 (3): 176–188. doi:10.1080/23277408.2020.1849907. ISSN 2327-7408. 
  33. Mengiste. „Afterlives by Abdulrazak Gurnah review – living through colonialism“ (en). The Guardian (2020-yil 30-sentyabr). 2021-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.