Manipulyatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Finikchik (munozara | hissa)
Manipulation (psychology)“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

13-Iyun 2022, 18:18 dagi koʻrinishi

Manipulyatsiya - bu o'z manfaati yo`lida boshqalardan foydalanish,ularni boshqarish orqali ularga ta'sir ko`rsatish. [1] Haddan oshiq manipulyatsiya-bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolg'onchilarning hiylasidir. [2] Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat o`rnatish,foyda olish yoki imtiyozlarni qo`lga kiritish uchun o`tkaziladigan ta'sirdir. [1]

Manipulyatsiya oddiy ta'sir o`tkazish va ishontirishdan farq qiladi. Ta'sir o`tkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u ta`sir o`tkazilayotgan shaxsni ta`sirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi. [3] Ishontirish - bu boshqalarni odatda ma`lum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yo`naltira olishlik qobiliyatidir. Ta'sir o`tkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir. [4]

Manipulyatorlarning belgi-xususiyatlari

Manipulyatsiya uchun motivatsiya o'z-o'ziga xizmat qilish yoki boshqalarga yordam berish yoki foyda keltirish bo`lishi mumkin. [5] Anti-ijtimoiy manipulyatsiya-bu "boshqalarning hisobidan o`zining shaxsiy maqsadlari yoki manfaatlariga yetishish uchun foydalanish ko`nikmalarini ishlatishdir", [5] ijtimoiy xulq-atvor esa "boshqa shaxs yoki shaxslar guruhiga yordam berish yoki foyda keltirish uchun mo'ljallangan ixtiyoriy harakat". [6]

Hissiy manipulyatsiyani oldindan aytib beruvchi omillarni tadqiq etish shuni ko'rsatadiki, hissiy manipulyatsiya ortidagi mexanizmlari jinsga qarab farqlanadi:


"Erkaklar uchun yuqori darajadagi hissiy intellekt, ijtimoiy ma'lumotlarni qayta ishlash, bilvosita tajovuzkorlik va o'z manfaati yo`lidagi kognitiv buzilishlar hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan"."Ayollar uchun esa yoshroq bo`lish, hissiy intellektning yuqori darajasi, bilvosita tajovuzkorlik, birlamchi psixopatik belgilar va past darajadagi ijtimoiy ogohlik hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan.Biroq, ayollar uchun hissiy intellekt bostiruvchi sifatida hizmat qilgan". Manipulyatorlar odatda quyidagi zaifliklardan foydalanadilar:

Zaiflik Tavsif
Soddalik yoki g`o`rlik Ba`zi odamlar ayyor, makkor, shafqatsiz bo`lishi mumkunligini qabul qilishi qiyin bo`lgan yoki ulardan foydalanganlarida buni, "tan olmaydigan" odamlar. [7] [8]
Ortiqcha rozilik berish Boshqalarning aybsiz ekanligiga ishonishga va ularni o`rniga o`zini qo`yib ko`rishga hayrixoh bo`lgan odamlar.
O'ziga past baho berish O`ziga shubha bilan qarashdan, o`ziga bo`lgan ishonch va qat'iyatning yetishmasligidan qiynaladigan va o`z-o`zini himoya qilishga juda oson o'tadigan odamlar. [7]
Ortiqcha intellektualizatsiyalash Manipulyatsiya qiladiganlarni o`ziga yarasha sabablari bor deb ishonuvchi va ularni tushunishga urinuvchi odamlar. [7]
Hissiy qaramlik Bo'ysunuvchanlik yoki tobelik shaxsiyatiga ega bo'lgan odamlar. Odam qanchalik ko`p hissiy jihatdan qaram bo'lsa, u shunchalik oson ekspluatatsiya va manipulyatsiya qilish mumkun . [7]
Ochko'zlik Ochko'z va egri odamlarni osonlik bilan axloqsiz yo'l tutishga ko`ndirish mumkin. [8]

Manipulyatsiya va ruhiy kasalliklar

Quyidagi ruhiy salomatlik muammolari bo'lgan shaxslar ko'pincha manipulyatsiya qilinishga moyil:


Shaxsiyat chegarasi buzilishi o'ziga xos guruhlashga ega masalan,"chegara" manipulyatsiyasi qasddan bo'lmagan va disfunktdional manipulyatsiya sifatida tavsiflanadi . [9] Marsha M. Linehanning ta'kidlashicha, shaxsiyat chegarasi buzilishi bo'lgan odamlar ko'pincha manipulyatsiya qilishda asli manipulyativ bo`lmagan xatti-harakatlarni namoyon qiladilar. [10] Linehanga ko'ra, bular ko`pincha kuchli og`riqning o`ylanmay qilingan xatti-harakatidir va ko`pincha atayin qilinmagani uchun haqiqiy manipulyativ hisoblanmaydi . DSM-V da manipulyatsiya shaxsiyat chegarasi buzilishining belgilovchi xususiyat sifatida olib tashlandi. [9]

Klinik baholash vositalari

Hissiy manipulyatsiya shkalasi manipulyatsiya qilishda shaxslar tomonidan qo'llaniladigan usullarni tavsiflash uchun o'nta bandli shkaladan foydalanadi. [11]

Boshqalarning his-tuyg'ularini boshqarish shkalasi boshqalarning his-tuyg'ularini o'zgartirish qobiliyatini o'lchaydi. [12] Sinov olti toifani aniqlaydi: kayfiyat (yoki hissiy holat ) ko'tarilishi, kayfiyatning tushishi, his-tuyg'ularni yashirish, soxtalik qobiliyati, his-tuyg`ularning yetishmaskigi va kayfiyatni yaxshilash uchun chalg`itishdan foydalanish. kayfiyatni tushirish va chalg`itish toifalari manipulyativ xatti-harakat qobiliyati va moyilligini aniqlash uchun ishlatilib kelinadi. [5]  

Manbalar

  1. 1,0 1,1 Brennan, MD. „Signs of Emotional Manipulation“. www.webmd.com. WebMD. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  2. Bereczkei, Tamás. Machiavellianism The Psychology of Manipulation, First, London: Taylor and Francis Group, 2017. ISBN 9781315106922. 
  3. Nichols. „The Ethics of Manipulation“. Stanford Encyclopedia of Philosophy. Stanford University. Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
  4. Duncan. „Influence Versus Manipulation: Understand The Difference“. www.forbes.com. Forbes. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Ngoc, Nguyen Nhu; Tuan, Nham Phong; Takahashi, Yoshi (October 2020). "A Meta-Analytic Investigation of the Relationship Between Emotional Intelligence and Emotional Manipulation". SAGE Open 10 (4): 215824402097161. doi:10.1177/2158244020971615. ISSN 2158-2440. http://dx.doi.org/10.1177/2158244020971615.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  6. Rodriguez, Lucas Marcelo; Mesurado, Belén; Moreno, José Eduardo (2018-11-29), „Ethical Position, Empathy and Prosocial Behaviour Model: Its Contribution to Prevention and Psychotherapeutic Approaches of Antisocial Disorders“, Psychiatry and Neuroscience Update, Cham: Springer International Publishing: 273–286, ISBN 978-3-319-95359-5, qaraldi: 2022-05-08
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Simon, George K. In Sheep's Clothing: Understanding and Dealing with Manipulative People, 1996. ISBN 978-1-935166-30-6. 
  8. 8,0 8,1 Kantor, Martin. The Psychopathology of Everyday Life: How Antisocial Personality Disorder Affects All of Us, 2006. ISBN 978-0-275-98798-5. 
  9. 9,0 9,1 Aguirre, Blaise „Borderline Personality Disorder: From Stigma to Compassionate Care“,. Stigma and Prejudice, Current Clinical Psychiatry (en). Humana Press, Cham, 2016 — 133–143 bet. DOI:10.1007/978-3-319-27580-2_8. ISBN 9783319275789. 
  10. Staff writer(s). „On Manipulation with the Borderline Personality“. ToddlerTime Network. Qaraldi: 2014-yil 28-dekabr.
  11. Austin, Elizabeth J.; Farrelly, Daniel; Black, Carolyn; Moore, Helen (July 2007). "Emotional intelligence, Machiavellianism and emotional manipulation: Does EI have a dark side?". Personality and Individual Differences 43 (1): 179–189. doi:10.1016/j.paid.2006.11.019. ISSN 0191-8869. http://dx.doi.org/10.1016/j.paid.2006.11.019. 
  12. Austin, Elizabeth J.; O’Donnell, Michael M. (October 2013). "Development and preliminary validation of a scale to assess managing the emotions of others". Personality and Individual Differences 55 (7): 834–839. doi:10.1016/j.paid.2013.07.005. ISSN 0191-8869. http://dx.doi.org/10.1016/j.paid.2013.07.005. 

Qo'shimcha o'qish uchun adabiyotlar

Kitoblar ingliz tilida

  • Barber, Brian K. Intrusive Parenting: How Psychological Control Affects Children and Adolescents (2001)
  • Bowman, Robert P.; Cooper, Kathy; Miles, Ron; & Carr, Tom. Innovative Strategies for Unlocking Difficult Children: Attention Seekers, Manipulative Students, Apathetic Students, Hostile Students (1998)
  • McMillan, Dina L. But He Says He Loves Me: How to Avoid Being Trapped in a Manipulative Relationship (2008)


Tashqi havolalar