Kontent qismiga oʻtish

Protozoa: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„== '''SODDA HAYVONLAR TIPI-PROTOZOA''' == == Xarakterli belgilari == thumb|244x244px|Protozoa vakillari thumb|Entodinium<ref>d383-2 : USDA ARS</ref> Sodda hayvonlar nihoyatda mayda, mikroskop yordamida arang ko‘rinadigan bir hujayrali bo‘lib, hozirgi vaqtda ulaming 30000 dan ortiq turi maʼlum. Ulaming ko‘pchiligi dengiz va chuchuk suvlarda hamda tuproqda erkin yashaydi.Sodda hayvonlar tipi to‘...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

29-May 2022, 08:32 dagi koʻrinishi

SODDA HAYVONLAR TIPI-PROTOZOA

Xarakterli belgilari

Protozoa vakillari
Entodinium[1]

Sodda hayvonlar nihoyatda mayda, mikroskop yordamida arang ko‘rinadigan bir hujayrali bo‘lib, hozirgi vaqtda ulaming 30000 dan ortiq turi maʼlum. Ulaming ko‘pchiligi dengiz va chuchuk suvlarda hamda tuproqda erkin yashaydi.Sodda hayvonlar tipi to‘rtta mustaqil sinfga ajratilgan. Ular orasida parazit turlari ham keng tarqalgan. Parazit turlarining soni bir necha mingdan iborat bo‘lib, ular odam va hayvonlarda og‘ir kasalliklami keltirib chiqaradi. Shuning uchun sodda hayvonlarni har tomonlama o‘rganish zoologlardan tashqari,tibbiyot va veterinariya mutaxassislarining ham asosiy obyekti bo‘lib hisoblanadi. Parazit sodda hayvonlar morfoanatomik tuzilishlari, rivojlanish sikli, shuningdek, xilma-xil organizmlarda yashashga moslashganligi bilan ham bir-biridan tubdan farqlanadi. Demak, bu parazit sodda hayvonlarning evolutsion taraqqiyoti jarayonida turli geologik davrlarda paydo bo‘lganligini bildiradi.

Tuzilishi

Sodda hayvonlarning tanasi protoplazma va yadrodan tashkil topgan bitta hujayradan iborat. Shuning uchun ular ko‘pincha bir hujayrali hayvonlar deb ataladi. Aynan shu bitta hujayra ko‘p hujayrali hayvonlar organizmiga xos bo‘lgan barcha funksiyalami bajaradi. Ko‘pgina sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq — pellikula bilan qoplangan. Protoplazma tiniq va bir xil tuzilishli ektoplazma hamda yarim quyuq donali endoplazmadan iborat. Hayot faoliyatining asosiy qismi endoplazmada kechadi. Chunki endoplazmada Golji apparati, endoplazmatik tur, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma va shunga o‘xshash muhim organoidlar joylashgan. Bundan tashqari, endoplazmada ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar hamda shunga o‘xshash organellalar bor. Sodda hayvonlar bir, ikki va ko‘p yadroli bo‘ladi. Yadro ulaming hayot faoliyati jarayonlarini boshqaradi va ko‘payishda hamda irsiy xossalami nasldan naslga o‘tkazishda muhim rol o‘ynaydi. Sodda hayvonlar psevdopodiyalari (soxta oyoqlar), xivchinlari va kiprikchalari yordamida harakat qiladi. Ko‘payishi jinssiz va jinsiy yo‘l bilan sodir bo‘ladi.

Tarqalishi

Entamoeba histolytica ning sista bosqichi

Erkin yashovchi protozoa keng tarqalgan bo'lib, ko'pincha chuchuk, sho'r va sho'r suvlarda, shuningdek, tuproq va mox kabi boshqa nam muhitda ko'p. Ba'zi turlar issiq buloqlar [1] va gipersho'r ko'llar va lagunalar kabi ekstremal muhitda o'sadi.[2] Barcha protozoa nam yashash muhitini talab qiladi; ammo ba'zilari quruq muhitda uzoq vaqt davomida sistalar hosil qilib, sharoit yaxshilanmaguncha yashsab qolish imkonini beradi.


Klasssifikatsiyasi

Sodda hayvonlar (protozoa)ni 4 sinfga bo‘linadi:

  1. Xivchinlilar — Hagellata;
  2. Sarkodalilar — Sarcodina;
  3. Infuzoriyalar —Infusoria;
  4. Sporalilar — Sporozoa

Manbalar

  1. d383-2 : USDA ARS
  2. Post, F. J.; Borowitzka, L. J.; Borowitzka, M. A.; Mackay, B.; Moulton, T. (1983-09-01). "The protozoa of a Western Australian hypersaline lagoon" (en). Hydrobiologia 105 (1): 95–113. doi:10.1007/BF00025180. ISSN 0018-8158. 

Adabiyotlar

P.R. ALIMXODJAYEVA — biologiya fanlari doktori, TTA «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi professori. M.R. MAMADIYEV — biologiya fanlari doktori, ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi professori. K.K. AMANOV — biologiya fanlari nomzodi, ToshDSIning Andijon filiali «Morfologiya va tibbiy biologik fanlar» kafedrasi mudiri, dotsent. N.D. DAVLATOV — biologiya fanlari nomzodi, ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi dotsenti. T.S. SAYDULLAYEV — biologiya fanlari nomzodi, ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi dotsenti. K.T. M O‘MINOVA — ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi assistenti. D.D. YUNUSOVA — ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi assistenti. "TIBBIYOT PARAZITOLOGIYASIDAN ATLAS" Toshkent — «ILM ZIYO» — 2015 5 ISBN 978-9943-16-277-8