Shokolad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shokolad kakao, shakar, sut va xushboʻy dorivorlar aralashmasidan qilinadigan aʼlo sifatli konfet yoki plitka shaklidagi shirinlikdir.[1] Shokoladdan puding, tort, muzqaymoq, pasxa tuxumi va boshqa shu kabi desertlarda foydalaniladi. Shokolad umumjahon boʻylab Olmek, Maya va Atsteklar davridan beri mavjuddir.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq shokolad

Shokoladning uchta asosiy turi mavjud: oq shokolad, sutli shokolad va qora shokolad.

Oq shokoladning taʼmi boshqa ikki turga qaraganda ancha shirinroq boʻladi.

Sutli shokolad shirin, ammo oq shokoladchalik emas. Sutli shokolad tarkibida sut kukuni yoki quyultirilgan sut mavjud. Buyuk Britaniya va Irlandiyada sutli shokolad tarkibida kamida 20 % quruq kakao boʻlishi zarur; Yevropa Ittifoqining qolgan mamlakatlarida bu koʻrsatkich 25 % ni tashkil etadi.[2]

Qora shokolad unchalik ham shirin boʻlmay, aksincha achchiq taʼmga ega boʻladi.

Xavfsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shokoladni haddan oshiq koʻp miqdorda isteʼmol qilmasa, yeyish zarar qilmaydi. It va mushuk kabi ayrim hayvonlar shokoladni juda oz miqdorda isteʼmol qilishsa ham kasal boʻlib qolishadi.[3] Qandli diabet bilan ogʻrigan kishilar uchun ham shokolad isteʼmol qilish kasal boʻlib qolishlariga sabab boʻlishi mumkin. Qora shokolad tarkibida qon bosimini pasaytiruvchi hamda kasalliklarga qarshi kurashuvchi moddalar mavjud. Kichik miqdordagi qora shokolad tarkibidagi polifenollar tufayli yurak xastaliklari xavfini kamaytirishi aniqlangan.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 ortiq soʻz va soʻz birikmasi. Toshkent. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008.
  2. „Directive 2000/36/EC of the European Parliament and of the Council of 23-iyun 2000-yil relating to cocoa and chocolate products intended for human consumption“. Publications Office of the European Union. Qaraldi: 31-oktabr 2010-yil.
  3. Crosby, Janet Tobiassen „Chocolate Toxicity“. Veterinary Q & A. About.com. 2-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
  4. Sangam, Radhika. „2010 calendar: A year of healthy living“. India Today. India Today group (6-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 2-fevral 2010-yil. „A study by Dr Romina di Giuseppe and colleagues from the Catholic University, Italy, reveals that eating up to 20gm (two small squares) of dark chocolate every three days lowers the risk of heart disease by one-third in women and one-fourth in men.“.

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]