Zuzana Štočková

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zuzana Štočková
ZuzanaStockova
Mamlakat Slovakiya
Tugʻilishi 25-noyabr 1977-yil
Kežmarok, Chexoslavakiya
Saravha

Xalqaro magistr

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2430 (oktyabr 2008-yil)

Zuzana Stočkova (talaffuzi: Zuzana Shtochkova; 1977-yil 25-noyabrda Chexoslavakiyaning Kežmarok shahrida tugʻilgan), qizlik familiyasi Hagarova — slovakiyalik shaxmatchi ayol, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Stočkova Slovakiyada qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan U16 chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. U koʻp marotaba shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida turli yosh toifalaridagi turnirlarda ham faol ishtirok etgan. Zuzana Stočkova oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 1994-yilda Segedda boʻlib oʻtgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U18) vitse-chempioni unvonini qoʻlga kiritgan vaqtida erishgan edi.

Shtočkova Slovakiya terma jamoasi safida jami toʻqqizta shaxmat Olimpiadasida (1994—2008-yillar va 2014-yil)[1] va toʻrtta jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida (1997—2003-yillarda) dona surgan. Shuningdek, Zuzana 1999-yilda jamoaviy oʻyinlarda oltin medalini qoʻlga kiritgan[2]

Zuzana Stočkova shaxmat boʻyicha koʻplab xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan. 2004-yilda u Jan Plachetka va Martin Mrva bilan Tatry Open 2004 musobaqasida 2-oʻrindan joy egalladi. 2008-yilda u Zvolen shahrida boʻlib oʻtgan Slovakiya ochiq chempionatida yana bir bor 2-oʻrinni qoʻlga kiritadi. 2013-yilda esa Zuzana Riga Technical University Open musobaqasining eng yaxshi ayol shaxmat oʻyinchisi mukofotiga loyiq koʻrilib, taqdirlanadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zuzana Stočkova 2004-yilda Slovakiya chempioni. Edvard Gagaraning katta opasi hisoblanadi.

2008-yilda U chexiyalik grossmeyster Jiri Stochekga turmushga chiqdi. 2018-yili ular ajjralishgandan keyin u qizlik familiyasini qaytdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]