Zuluk solish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zuluk solish — davolash choralaridan biri. Ayniqsa Sharq tabobatida keng qoʻllanilgan. Jagʻli zuluklarssh tibbiyot zulugi solinadi. U chuchuk suv xavzalarida yashaydi, shuningdek, lab. da urchitiladi. Tibbiyot zulugining boʻyi 8—12 sm, vazni 2 g , yashil rangli, orqasida uzunasiga ketgan zar-gʻaldoq yoʻllari, ogʻzida tishchali uchta jagʻi va soʻlak bezlari bor. Zuluk terini tishlari bilan teshib, soʻlak bezlaridan girudin degan modda chiqaradi, bu modda qonning ivishiga toʻskinlik qiladi. Och zuluk 30—60 min. da 10— 15 ml qon soʻra oladi. Har bir zuluk ozgina qon soʻradi, shuning uchun zuluk qon soʻrib tushgandan keyin jarohat picha qonab turgani maʼqul. So'ngra jarohat va uning atrofiga steril material yopiladi. Gipertoniya kasalligining baʼzi shakllari, tromboflebit, miokard infarqta, stenokardiya, nevrit, radikulit, chipqon chiqqanda va b. kasalliklarda vrach zuluk solishni buyuradi. Zuluk chakkaga (yaxshisi quloq suprasining orqasiga), boʻyinning ensa ostidagi qismiga, yurak va jigar ustidagi teriga va b. aʼzolarga solinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil