Zulkifl
Zulkifl (arabcha: ذُو الْكِفْل) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Asl ismi Bishr. Ayyub (as)ning oʻgʻli. Qaysi qavmga paygʻambar etib yuborilgani haqida Qurʼonda aniq oyat yoʻq. Lekin baʼzi rivoyatlarda rumliklar iymon keltirib unga ergashganliklari naql etiladi. Bu qavm Zulkifldan uzoq umr koʻrishni Allohdan soʻrashni iltimos qilgan, xudo Zulkiflning duosini qabul etib, ular „oʻzlari xohlamaguncha oʻlmaslar, bunga sen ham kafil boʻlgin“ degan vahiy keladi. Bishr oʻz qavmiga bu bashoratni yetkazdi. Iloxiy vahiyga oʻzi kafil boʻldi. Shu sababli uni Zulkifl (kafolat sohibi) deb atay boshlaganlar. Iroqda al-Xilla yaqinida odamlar Zulkiflning qabri deb hisoblaydigan ziyoratgoh bor. Boshqa joylarda ham Zulkifl maqbarasi mavjudligi, jumladan u Termiz yaqinida dafn etilganligi haqida rivoyat qiladilar[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Zulkifl“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Z-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |