Zulfiya nomidagi davlat mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat muko-fotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida" 1999 y. 10 iyundagi farmoniga binoan taʼsis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida aʼlo xulki, zuk-koligi, donoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida isteʼdodini namoyon qilib taʼlim ola-yotgan, istiqlol gʻoyalarini amalga oshi-rish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi alohida yutuklari uchun beriladi. Mukofot Qoraqalpogʻi-ston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.ning bittadan vakillariga jami 14 ta beriladi. Mukofotning har biri eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida tayinlangan. 3. n. D. m. sohibalari boʻlgan maktab, litsey, kollej oʻquvchilari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi, ularga koʻkrak nishoni va diplomi topshiriladi. Mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Xotinqizlar qoʻmitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili 8 mart — Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida beriladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil