Kontent qismiga oʻtish

Zuleyxa Seyidmammadova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zuleykha Seyidmammadova
Züleyxa Seyidməmmədova
Tavalludi 1919-yil 22-mart
Vafoti 1994-yil 10-noyabr (75 yoshda)
Fuqaroligi SSRI
Kasbi uchuvchi
Faoliyat yillari 1941–1945
Mukofotlari Lenin ordeni

Zuleyxa Seyidmammadova (ozarbayjoncha: Züleyxa Mirhəbib qızı Seyidməmmədova; ruscha: Зулейха Мир-Габиб кызы Сеидмамедова; 1919-yil 22-martda tugʻilgan – 1994-yilda vafot etgan) – Ozarbayjonning ilk ayol uchuvchilaridan biri, jangovar parvozni amalga oshirgan birinchi ozarbayjonlik ayol[1].

Seyidmammadova 1919-yil 22-mart kuni Boku shahrida tugʻilgan[2]. 1935-yilda oʻz shahridagi uchuvchilar klubida uchuvchi guvohnomasiga ega boʻlgan, soʻngra Moskva yaqinida joylashgan Jukovskiy aviatsiya akademiyasida tahsil olgan. 1938-yilda Seyidmammadova neft-kimyo muhandisi sifatida malaka oshirgan boʻlsa-da, oʻzining asosiy kasbi sifatida aviatsiya sohasini tanlagan[3].

Ikkinchi jahon urushi paytida Seyidmammadova Marina Raskova tomonidan tashkil etilgan uchta harbiy ayollar aviatsiya polklaridan biri boʻlgan 586-qiruvchi aviatsiya polkining polk navigatori sifatida xizmat qilgan. Urush davomida 40 dan ortiq havo janglarida ishtirok etgan va 500 dan ortiq jangovar parvozlarni amalga oshirgan[4]. Urush paytida Seyidmammadova harbiy siyosiy rahbar hamda oʻz polki qoʻmondoni Tamara Kazarinovani uchuvchilarning rahbariyatga boʻlgan munosabatlari haqida muntazam xabardor qilib turgan[5].

Urush tugagach, Seyidmammadova demobilizatsiya qilingan va 1952-yilda Ozarbayjon SSRning Ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimiga tayinlangan. Zuleyxa Seyidmammadova 1994-yilda Boku shahrida vafot etgan[6].

Zulayxa Seyidmammadova 1919-yil 22-mart kuni Bakuda dunyoga kelgan[7][8]. Uning otasi Mir Habib ogʻa dastlab diniy maktabda tahsil olgan, keyinchalik esa Boku oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqigan[9]. Mir Habib ogʻa hisobchi boʻlib ishlagan va Boku millioneri Hojiy Zeynalabdin Togʻiyevning oʻng qoʻli sifatida tanilgan[8]. Hoji Zeynalabdin Togʻiyevning bolaligidan doʻsti boʻlgan Mir Habib ogʻa unga sodiqligi bilan ajralib turgani uchun Hoji unga katta hurmat bilan qaragan[9]. Zuleyxa Seyidmammadovaning onasi Minaxonim savodsiz ayol boʻlgan va 11 yoshida turmushga berilgan. Zuleyxa ularning nikohidan tugʻilgan ikkinchi farzand edi[10].

  1. (Russian) The Proprietress of the Sky by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007
  2. Züleyxa Seyidməmmədova. http://qadin.net/index.php?newsid=254
  3. Cottam, Kazimiera Janina. Women in air war: the Eastern Front of World War II (en). Legas, 1997 — 336-bet. ISBN 9780921252627. 
  4. Puchkov, Vladimir. „"Небесные сестры" Востока“ (ru). Moscow-Baku.ru. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  5. Vinogradova, Luba. Защищая Родину: лётчицы Великой Отечественной (ru). КоЛибри, 2015 — 144-bet. ISBN 9785389089600. OCLC 915828679. 
  6. Groot, Gerard J. De. A Soldier and a Woman (en). Routledge, 2014 — 227-bet. ISBN 9781317876434. 
  7. Əhmədov, Səbuhi. Azərbaycan tarixindən yüz şəxsiyyət. Bakı: "Ayna" mətbuat evi, 2006 — 275-bet. 
  8. 8,0 8,1 İlyasoğlu, Rauf. „İlk azərbaycanlı qadın təyyarəçi“. "Respublika" qəzeti (2010-yil 12-may). 2022-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  9. 9,0 9,1 Dünyaminqızı, Qərənfil. „Müsəlman aləmində ilk təyyarəçi qadın“. Kaspi qəzeti (2016-yil 29-sentyabr). 2022-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  10. „Züleyxa Seyidməmmədova: Stalini xilas edən ilk azərbaycanlı qadın pilot“. oxu.az (2019-yil 9-may). 2022-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.