Zulayho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zulayho – Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarkalgan afsonaviy qahramon. Firdavsiy (10-asr), Ali (13-asr)g Durbek (14-asr) va b. shoirlarning mashhur afsona, rivoyatlar va muqaddas kitoblar (Tavrot, Qurʼon) taʼsirida yaratilgan "Yusuf va Zulayho" dostonlarida oli-janob obraz sifatida gavdalanadi. Bu ishqiy-sarguzasht harakteridagi asarlarda 3. islom dini zaminida talqin etiladi. Qizning har bir xattihara-kati, nutqi, kishilar bilan munosabatida odob-axloqning yuksak namunalari oʻz ifodasini topgan. 3. matonatli, katʼiyatli, kuchli irodali ayollarning umumlashma obrazi, chin sevgisadoqatning yorkin timsoli sifatida kuylanib kelingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil