Kontent qismiga oʻtish

Zuhra Rasex

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zuhra Rasex

Rasex 2013-yilda
Tavalludi 1969-yil 7-fevral
Vafoti 2025
Fuqaroligi Afgʻoniston
Taʼlimi George Vashington universiteti
Harvard universiteti

Zuhra Rasex Kashanion (1969-yil 7-fevral – 2025-yil mart) – afgʻon shifokori, ayollar huquqlari faoli va yozuvchi. „Tolibonning ayollarga qarshi urushi: Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash va inson huquqlari inqirozi“ hisoboti hammuallifi. Global Watch Group (GWG), Inson huquqlari uchun shifokorlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Zuhra Rasex 1969-yil 7-fevralda Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan. 16 yoshida Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgan[1]. Rasex AQShning Vashington shahridagi George Vashington universitetida jamoat salomatligi boʻyicha taʼlim olgan[2]. 2006-yilda Harvard universitetini Ayollar va xavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha sertifikat bilan tamomlagan[manba kerak].

Rasex Bostonda joylashgan Inson huquqlari shifokorlari (PHR) tashkilotida sogʻliq boʻyicha katta tadqiqotchi boʻlib faoliyat olib borgan[3][4][5][6]. 1998 va 1999-yillarda Afgʻoniston hamda qoʻshni Pokistondagi qochqinlar lagerlarida deyarli 200 nafar afgʻon ayollar bilan suhbatlashib, 2 oy[7] oʻsha yerda vaqt oʻtkazgach[5][8], Rasex hammualliflikda „Tolibonning ayollarga qarshi urushi: Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash va inson huquqlari inqirozi“ hisobotini yozgan[3][4]. Tadqiqot safari davomida u „jamoat joyida bilaklari ochilib qolganligi uchun qoʻlida metall kabel ushlagan yosh yigit tomonidan quvib solingan“[9]. Rasex oʻz ishida Tolibon hukmronligi ostida yashayotgan ayollarga qarshi kamsituvchi siyosatlar mavjudligini aniqlagan. Masalan, ulardan uy tashqarisida doimo burqa kiyib yurish talab qilingan[4], shuningdek, ayollarning 95 foizi Tolibonning ayollarga oid siyosatini yomon koʻrishini taʼkidlagan[10]. U Pokistondagi lagerlarda yashayotgan ayollarda depressiya, majburan koʻchish bilan bogʻliq qiyinchiliklar va shu bilan bogʻliq salomatlik boʻyicha muammolar darajasi yuqori ekanini xabar qilgan[11].

2002-yilda Rasex „Women for Afghan women: Shattering myths and claiming the future“ (tarjimasi„Afg‘on ayollari uchun ayollar: afsonalarni yo‘qqa chiqarish va kelajakni qo‘lga kiritish“) kitobining yozilishiga hissa qoʻshgan[12]. Shuningdek, u Lorraine Sheinbergning „Shroud of Silence: Gender Apartheid in Afghanistan“ (tarjimasi„Sukut pardasi: Afg‘onistonda gender aparteidi“) hujjatli filmining ilk ommaviy namoyishida ham qatnashgan[13].

Tolibon rejimi qulagach, 2003-yilda Rasex Afgʻonistonning tashqi ishlar vaziri tomonidan Afgʻonistonda gender masalalari, sogʻliqni saqlash va inson huquqlari muammolari boʻyicha idora direktori lavozimida ishga taklif qilingan[14][15]. Rasex, shuningdek, notijorat Global Watch Group (GWG) tashkilotining prezidenti va bosh ijrochi direktori (CEO) vazifalarini bajargan[2][16]. „Aid Afghanistan for Education“ tashkilotiga raislik qilgan[17], Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish qoʻmitasi (CDEAW) rais oʻrinbosari etib saylangan[2][16][18].

Rasex 2025-yil mart oyida vafot etgan[16][17].

  1. „America's New War: Life in Kabul“ (en). CNN Transcripts (2001-yil 21-sentyabr). 2024-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  2. 1 2 3 „Zohra Rasekh“ (en-US). Roya Institute for Global Justice. 2025-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  3. 1 2 „War on Women“ (en). Wilson Center (2000-yil 21-fevral). 2025-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  4. 1 2 3 „Rasekh, Zohra“ (en). Fresh Air Archive: Interviews with Terry Gross (1998-yil 5-avgust). Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  5. 1 2 Working Woman (en). MacDonald Communications Corporation, 2000 66-bet. 
  6. Milczarek-Desai, Shefali (2018-12-14). "Hearing Afghan Women's Voices: Feminist Theory's Re-Conceptualization of Women's Human Rights". Arizona Journal of International and Comparative Law 805. https://ssrn.com/abstract=3301533. Qaraldi: 2026-01-04.Zuhra Rasex]]
  7. Women's International Network News (en). Women's International Network, 1999 52-bet. 
  8. Skaine, Rosemarie. The Women of Afghanistan Under the Taliban (en). McFarland, 2010-06-28. ISBN 978-0-7864-8174-3. 
  9. Mansbach, Richard W.; Rhodes, Edward. Global Politics in a Changing World: A Reader (en). Houghton Mifflin, 2000 419-bet. ISBN 978-0-395-84970-5. 
  10. Women Lawyers' Journal (en). Women Lawyers' Club, 1997 8-bet. 
  11. Ponzetti, James J.. International Encyclopedia of Marriage and Family (en). Macmillan Reference USA, 2003 47-bet. ISBN 978-0-02-865672-4. 
  12. Mehta, Sunita. Women for Afghan Women: Shattering Myths and Claiming the Future (en). Palgrave Macmillan, 2002-10-04. ISBN 978-1-4039-6017-7. 
  13. Ms. Magazine (en). Ms. Magazine Corporation, 2002 70-bet. 
  14. „Returning Home to Help“ (en-US). The Washington Post (2003-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  15. „Round Table on Afghan Women's Issues“ (en). Bureau of Public Affairs. 2025-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  16. 1 2 3 Haidari, M. Ashraf „Honoring the Legacy of Zohra Rasekh: A Champion of Human Rights and Displaced Women“ (en). Displaced International (2025-yil 13-mart). 2025-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  17. 1 2 „We are deeply saddened to share that our dear Zohra Rasekh Kashanian, former chair of AAFE, has passed on...“ (en). Aid Afghanistan for Education. Qaraldi: 2026-yil 4-yanvar.
  18. Farhoumand-Sims, Cheshmak (2009). "CEDAW and Afghanistan". Journal of International Women's Studies (Bridgewater State University) 11 (1): 136-156. https://vc.bridgew.edu/cgi/viewcontent.cgi?referer=&httpsredir=1&article=1153&context=jiws. Qaraldi: 2026-01-04.Zuhra Rasex]]

{

{DEFAULTSORT:Rasekh, Zohra}}