Zona (harbiy ish)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zona (harbiy ishda) — 1) urush paytlarida — qurolli kuchlar (quruqlikda, dengizda, havoda) harakat qiladigan va harakatdagi armiyaning front 1 orqasi muassasalari joylashgan, tinchlik paytlarida — harbiy maqsadlar uchun maxsus ajratilgan hudud (mustahkamlab qoʻyilgan rayon, harbiy port); 2) mudofaa zonasi — mudofaa jangida, harbiy qism, birlashma va boʻlinmalar (brigada, korpus) turgan joy, ularning harakat doirasi. Mudofaa Zonasi taktik Zona va tezkor Zonalarga ajratiladi. Taktik mudofaa Zona si front bilan dushman turgan joy oraligʻi; tezkor mudofaa Zonasi taktik Zonadan boshlanib, hozirlab qoʻyilgan mudofaa liniyalarini tezkor zahira qismlar turgan rayon va harbiy aero-dromlarni oʻz ichiga oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil