Zomin xalq bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zomin Xalq Bog`idan yoʻnaltirildi)

Zomin xalq bogʻi, Zomin milliy bogʻi — Zomin togʻ-oʻrmon mintaqasida qishki sport turlari markazi, sogʻlomlashtirish sport majmuasi tarzida 1976-yilda tashkil etilgan. 1978-yilda „Oʻzbekiston xalq bogʻi“ nomi berilgan. 1993-yildan hozirgi nomda. Tarkibiga Zomin oʻrmon xoʻjaligining Zomin uchastkasi, Oʻrmon xoʻjaligi institutining Koʻlsoy tayanch punkti, Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi kirgan. Umumiy mayd. 24,1 ming ga

Z.x.b. Zomin tumanirya, asosan, Turkiston togʻi, qisman Molguzar togʻining 1000—4030 m gacha boʻlgan balandliklarida joylashgan. Uning geomorfologik landshafti har xil boʻlib, tabiiy sharoitlari togʻ balandlik poyaslariga bogʻliq. Hududining geologik tuzilishida eng yuqori tabaqani har xil paleozoy (slanets, ohak, qum-toshlar) yotqiziqlari tashkil qiladi. Paleogen va neogen yotqizqilari ham keng rivojlangan. Ayniqsa kengligi 500 m va chukurligi 450 m teng boʻlgan Choʻrtanga jarligidagi sharshara, Supa tekisligi turistik jihatdan katta eʼtiborga ega.

Bu bogʻ hududida asosan Sangzor va Zominsuv daryosi havzalari joylashgan. Umuman bogning gidrografik tarmoqlari unchalik qalin emas. Xalq bogʻining umumiy iqlimi kontinental va qurgʻoqchil. Bogʻhududida Sangzor —1307 m, Koʻlsoy — 2100 m, Guralash — 2260 m va Shahriston — 3200 m meteorologik st-yalari joylashgan. Togʻoldi yerlarida yillik yogʻin miqdori 353 mm, baland togʻlarda 348 mm, oʻrta togʻlarda esa 405 mm ga teng, ularning 50—6 bahor fasliga toʻgʻri keladi. Havoning yillik oʻrtacha nisbiy namligi 30— 35 % tashkil qiladi, oʻrtacha yillik harorat koʻrsatkichi 21,7°—26,3° ga teng . Koʻlsoy, Shahriston punktlarida iyun oyining oʻrtacha harorati 21,9°—9,9° ga teng .

Bogʻda toʻq kulrang, och jigarrang, archa oʻrmonzor tuproqlari, yuqori togʻ yaylov, oʻtloqi-botqoqi, oʻtloqi tup-roqlar turlari uchraydi. Oʻsimliklar dunyosi dasht, archa oʻrmonzorlari, togʻ kserofitlari va subalp poyaslaridan iborat. Archazorlar bogʻ maydonining 55 % tashkil qilib, 2000—3000 m balandliklarda joylashgan. Bu yerda archaning zarafshon (qora archa), sovur-archa va turkiston archalari turlari tarqalgan. Bogʻ mintaqalarida 400 yoshli va undan katta archalarni uchratish mum-kin. Ayniqsa bogʻ hududida dorivor oʻsimliklarning 30 dan ortiq turi, lolalarning koʻpligi, mevali butalarning keng tarqalishi eʼtiborga sazovor. Umumiy oʻsimliklar turlari soni 100 dan ortiq. Bogʻda daraxtlarning 8, butalarning 15 va oʻt-oʻlanlarning 220 dan koʻproq turlari uchraydi.

Hayvonot dunyosi bogʻning landshaftiga qarab moslashgan, ammo ularning tarqalishida alohida chegara yoʻq. Pastki togʻ landshaftlarida (400—2000 m) tulki, quyon, choʻl boʻrisi, boʻrsiq, turkiston sassiq kuzani; oʻrta togʻ landshaftlarida oq tirnokli ayiq, yovvoyi toʻngʻiz, tulki, quyon, boʻri, baland togʻlarda ayiq, toʻngʻiz, oʻrta osiyo togʻ ech-kisi, Seversev qoʻyi, oq suvsar, si-lovsin; uy sichqoni, oʻrmon sichqoni, archazor sichqoni, olmaxon; qushlardan — chugʻurchuq, burgut, mayna, sava, koʻk qargʻa, zagʻizgʻon, sariq chumchuq, bul-bul, chugʻurchuq, burgut, ular, qirgʻiy, ukki, saʼva, loyxoʻrak, kabutar bor. Zominsuv va Sangzor irmoqlari boʻlgan soylarda marinka va shoh baliqlar koʻp; ilonlardan sariq ilon, suv iloni, chipor ilon, qalqontum-shuq ilon, turkiston agamasi va suv baqalari uchraydi.

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil