Zomba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zomba — Malavidagi shahar. Mamla-katning jan.da, Zomba togʻining oʻrmonli yon bagʻrida, 900 m balandlikda joylashgan. Aholisi shahar atrofi bilan birga 65,9 ming kishi (1998). Z.ga 1886 yilda asos solingan. 1891 — 1964 yillarda Britaniyaning Nyasalend protektorata (1953—63 yillarda Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi)ning maʼmuriy markazi. 1964—74 yillarda mustaqil Malavi davlatining poytaxti. Un-t bor. Yozgi kurort. Shahar atrofida tamaki plantatsiyalari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil