Zokir eshon toʻdasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zokir Eshon Toʻdasidan yoʻnaltirildi)

Zokir eshon toʻdasi - 19 a 2 yarmida Qoʻqonda ijod qilgan oʻzbek professional aktyorlar toʻdasi ("Kasabai sozanda"). Korfarmoni — Zokir eshon. Rizo qiyiq, Saʼdi maxsum, Normat qiziq, Boybuva qiziq, Moʻmin qishloqi, Bahrom qiziq, Usmon qiziq, Roʻzi gov, Davlat qiziq, Kal sariq qiziq, Avliyoxon qiziq kabi 30 dan ortiq qiziqchi aktyor, hofiz, sozanda va raqqoslardan iborat boʻlgan. Aktyorlik sanʼatidagi asosiy badiiy ifoda quroli improvizatsiya, maʼnoli imo-ishora, harakat va oʻtkir soʻzlik hamda taklidchilikka katta eʼtibor berilgan. Qoʻqon xonligining hamma shaharlarida tomoshalar koʻrsatgan. Repertuari "Xon hajvi", "Zarkokil", "Sirkataroq azizlar", "Farzand duosi", "Kigiz oʻgʻrisi", "Attorlik" kabi satirik sahnalar, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rahmonov M., Oʻzbek teatri tarixi, T., 1968.

Mamajon Rahmonov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil