Zoilo Saldombide
Toʻliq ism-sharifi | Zoilo Lucas Saldombide | ||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan sana va | 1903-yil 26-oktabr Urugvay, Kanelones, Santa-Lusiya | ||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1981-yil 4-dekabr (78 yosh) | ||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | ||||||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | hujumchi | ||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallari | |||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||
Zoilo Lucas Saldombide (ispancha: Zoilo Lucas Saldombide)—urugvaylik futbolchi, hujumchi.1903-yil 26-oktabrda Kanelones deprtamenti Santa-Lusiya shahrida tavallud topgan.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zoilo Saldombide Kanelones departamentining Santa Lusia shahrida tugʻilgan.Futbolchilik faoliyatini mahalliy jamoa hisoblangan „Sinasina“ jamoasida boshlagan[1].
1918-yilda Zoilo Saldombide Montevideoga joʻnab ketdi va u yerda dastlab klub oʻrinbosarlarida, keyin esa „Uonderers“ jamoasi tarkibida oʻynay boshladi.1923-yilda u Urugvay futbol federatsiyasi shafeligidagi chempionatda oʻz jamoasi bilan Urugvay chempionligini qoʻlga kiritdi. Ushbu jamoa oʻyinchisi sifatida u Urugvay terma jamoasi tarkibida 1924-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarida, ikkita 1924, 1926-yilgi Janubiy Amerika chempionatida gʻalaba qozongan.1930-yilda tarixda ilk bor Urugvayda tashkillashtirilgan birinchi FIFA Jahon kubogida Urugvay milliy terma jamoasi tarkibida gʻolib chiqqan[1].Zoilo Saldombide Jahon chempionatida barcha oʻyinlarda jumladan Peru milliy terma jamoasi,Ruminiya milliy terma jamoasi,Yugoslaviya milliy terma jamoasi va finalda Argentina milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
1927-yilda shuningdek, 1931-yildan 1934-yilgacha u poytaxtning „Nasional“ klubida oʻynagan va ikki marta Urugvay chempioni boʻlgan.Bu jamoada u akasi Aurelio[1] bilan birga oʻynagan."Nasional" jamoasi tarkibida 182 oʻyinda 45 ta gol urgan.
2011-yilda Kanelones departamentining maʼmuriy markazidagi shaharning asosiy stadioni „Martines Monegal“ tutashgan koʻchaga Zoilo Saldombide nomi berildi[1].1981-yil 4-dekabrda 78 yoshda vafot etdi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Urugvay chempioni-1923 (UFF), 1933, 1934
- Jahon chempioni-1930
- Olimpiada o'yinlari chempioni-1924
- Janubiy Amerika chempioni-1924, 1926
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Zoilo Saldombide tiene una calle en Canelones“ (ispancha). Comuna Canaria (30-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2015-yil. [sayt ishlamaydi]
2.Futbol maʼlumotlar bazasidagi profil
3.https://www.transfermarkt.com/zoilo-saldombide/profil/spieler/660314