Zohid Kenjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zohid Kenjaev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 30-mart 1992-yil (1992-03-30) (32 yosh)
Jizzax, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Stol tennisi

Zohid Kenjaev ( 1992-yil 30-mart, Jizzax, Oʻzbekiston ) — o‘zbek stol tennischisi, O‘zbekiston xalqaro toifadagi sport ustasi. U 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan chiqqan birinchi stol tennischisidir[1]. O‘zbekiston chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi va sovrindori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zohid Kenjayev xalqaro faoliyatini 2010-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishdan boshlagan bo‘lsa, 20102019-yillarda 10 ta jamoaviy va shaxsiy Jahon Chempionatlarida chiqish qilgan. Jahon chempionatlarida erishilgan eng yuqori yutuq yakkalik bahslarida 1/64 final, erkaklar va aralash juftlik bahslarida 1/16 final, shuningdek, jamoalarda 59-o‘rinni olishi bo‘ladi.

U 2010-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi, guruh bosqichida yakunlaydi.

2013-yildan buyon 4 ta Osiyo chempionatida (2013, 2015, 2017, 2019) chiqib, 2017-yilda eng yaxshi natijalarga ega bo‘lib, erkaklar va aralash juftlik bahslarida 1/8 finalga chiqadi[2] .

2012/2017-yilgi mavsumdan 2016/2017-yilgi mavsumgacha u 5 yil davomida Ukraina UCHK (Ukraina chempionat klubi) Superligasida, PASS-Avto jamoasi tarkibida ishtirok etadi[3]. Debyut mavsumida u kumush medal, keyingi 2 mavsumda bronza medali va oxirgi 2016/2017 yilgi mavsumda ham bronza medaliga sazovor bo‘ladi.  

2021-yilda Zohid 2021-yilgi erkaklar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo Olimpiadasi saralash bosqichida u yarim finalda qozog‘istonlik o‘yinchi Kirill Gerasimenko ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqadi, biroq hal qiluvchi bahsda eronlik Nima Alamianga mag‘lub bo‘ladi.

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Узбекистанец завоевал Олимпийскую лицензию в настольном теннисе uznews.uz 17.04.2016
  2. „Новости Кенжаев Зохид (Узбекистан)“ (ru). Настольный Теннис Харькова и Украины. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  3. Зохид Кенжаев: Хочу попробовать свои возможности в Германской лиге или Испанской sports.uz 9.02.2017