Zoʻrcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zoʻrcha (Silena conica L.) — chinniguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt, boʻyi 10-25 sm, poyasi oddiy, yuqori qismidan shoxlaydi. Barglari nashtar-simon. Gullari pushti. Tojbargi 17— 20 mm. Shoxcha uchlariga 1—2 tadan oʻrnashgan. Oʻzbekistonning hamma vi-loyatlarida adir va togʻ etaklarida tarqalgan. Apr.—iyulda gullab meva beradi. Ildizida zaharli glikozid — saponin bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil