Zlatoust
Qiyofa
Zlatoust — RF Chelyabinsk viloyatidagi shahar (1865-yildan). Ai daryosi sohilida. Janubiy Uralda. Temiryoʻl stansiyasi faoliyat olib bormoqda. Aholisi – 157 ming kishi. Zlatoust mexanika-temir zavodi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Qora metallurgiya va mashinasozlik korxonalari, soatsozlik zavodi bor. 19-asr boshidan metall oʻymakorligi rivojlangan. Teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Zlatoustga 1754-yil asos solingan. Oʻsha davrdan Zlatoust oʻzining mashhur poʻlat qilichlari bilan nom qozongan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |