Zikrulla Saʼdullayevich Tursunxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tursunxoʻjayev Zikrulla Saʼdullayevich (1912.20.7, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1969), qishloq xoʻjaligi. fanlari doktori (1973), professor (1974). S. Tursunxoʻjayevnmnt oʻgʻli. Oʻrta Osiyo paxtachilik institutini tugatgan (1934), Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (Soyuz NIXI)da aspirant (1934 — 37), ilmiy xodim (1937 — 41), Paxtaorol tajriba styasi direktori (1941 — 58), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi Dehqonchilik instituti direktori, Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi boʻlim mudiri (1958 — 60). Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1960 — 63), laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari (1963 — 78), 1978 — 92 yillarda ilmiy maslaxatchi. Ilmiy ishlari gʻoʻza agrotexnikasi masalalariga va sugʻorma dehqonchilikning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nauchnie osnovi sevooborotov na zemlyax Golodnoy stepi, T., 1972; Proizvoditelnaya sposobnost serozemov v sevooborote i pri monokulture xlopchatnika (v soavtorstve), T., 1977. Nauchnie osnovi xlopkovix sevooborotov (v soavtorstve), T., 1987.