Bedatoʻplami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zig‘ir to‘plamidan yoʻnaltirildi)
Bedatoʻplami
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

BEDATOʻPLAMI, zigʻir toʻplami (Heliothis viriplaca Hutn.) — toʻplamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 – 37 mm; oldingisi sargʻish-yashil, baʼzan sargʻish-kulrang boʻlib, oʻrta qismidan keng qoramtir koʻndalang yoʻl oʻtadi; qanotining uchida noaniq qora dogʻchalari bor. Qurtining uz. 40 mm, nim yashil, baʼzan pushti yoki qoʻngʻiroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yoʻllari bor; tanasini qora qattiqtuklar (qil) qoplagan. Kallasi bir qancha qora nuqgali va dogʻli sariq rangda. Bedatoʻplami ning qurtlik davri 20—25 kun davom etadi. Gʻumbagi tuproqning ustki qatlamida qishlaydi. Erta bahorda (apr.—may) gʻumbaklaridan voyaga yetgan kapalaklar chiqib, tuxum qoʻya boshlaydi. 3 — 9 kunda tuxumdan qurtlar rivojlanadi. Birinchi avlod kapalaklarining uchib chiqishi iyungacha davom etadi. Yilda 2 — 3 avlod beradi. Bedatoʻplami qurti hammaxoʻr, koʻpgina dukkakli va barcha moyli oʻsimliklar (ayniqsa, zigʻir va soya)ning urugʻi, barg va gullari, pomidorning mevalari bilan oziqlanib q. x.ga katta zarar yetkazadi.

Kurash choralari: bedapoyalarni disklash; zararkunanda tuxumiga qarshi trixogrammatsan foydalanish; urugʻ yetishtirish uchun moʻljallangan beda va boshqa oʻsimliklar maydonlarida qurtlar paydo boʻlganida ekinlarga 35% fozalon (1,45 — 2,0 kg/ga), sumi-sidning 20% li emulsiyalanuvchi kon-sentrati (0,4 — 0,5 kg/ga) bilan ishlov berish (yana q. Koʻsak qurti).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil