Zidane Iqbal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zidane Iqbal
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zidane Aamar Iqbal[1]
Tavallud sanasi 27-aprel 2003-yil (2003-04-27) (20 yosh)
Tavallud joyi Manchester, Angilya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 55
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2012 Sale United
2012– Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021– Manchester United 0 (0)
Milliy terma jamoa
2021– Iroq U23
2022– Iroq 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-fevral uchun)

Zidane Aamar Iqbal (2003-yil 27-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premyer-liganing “Manchester United” klubi yarim himoyachisi. Iqbal Angliyada tug'ilgan, Iroq terma jamoasi vakili hisoblanadi.

Manchesterda tug'ilgan Iqbal to'qqiz yoshida "Manchester United" yoshlar tizimiga qo'shildi. U 2021-yilning dekabrida UEFA Chempionlar ligasi o'yinida asosiy jamoa safida debyut qilgan. Iqbal 2022-yil yanvar oyida katta xalqaro debyutini o'tkazgunga qadar Iroqni 23 yoshgacha bo'lganlar darajasida himoya qilgan.

Manchester shahrida, pokistonlik otasi va iroqlik onasining xonadonida tug'ilgan. Iqbal to'rt yoshidan mahalliy "Sale United" jamoasida o'ynagan va to'qqiz yoshida "Manchester United" ga qo'shilgan[2].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbal “Manchester United” bilan ilk professional shartnomasini 2021-yilning aprelida imzolagan[3][4]. U 2021-yilning 8-dekabrida “Young Boys” ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida 89-daqiqada o‘rinbosar sifatida “Manchester United” safidagi debyutini o‘tkazdi[5]. Shunday qilib, u klubda o'ynagan birinchi Britaniyada tug'ilgan janubiy osiyolik va Chempionlar ligasida o'ynagan birinchi britaniyalik (janubiy osiyolik) bo'ldi[6][7].

Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbal Angliya, Iroq va Pokistonni xalqaro miqyosda himoya qilish huquqiga ega[8].

2021-yil may oyida u Iroq pasportini oldi va Iroqni xalqaro yoshlar darajasida himoya qildi[9][10]. 2021-yil iyun oyida u 20 yoshgacha bo'lgan Iroq terma jamoasiga 2021-yilgi Arab Kubogi U-20 uchun chaqirilgan. Ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli unga “Manchester United” ruhsat bermagan[11].

O'yin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbal ko'p qobiliyatli yarim himoyachi va juda ko'p qirrali futbolchi hisoblanadi. Uning asosiy pozitsiyasi markaziy yarim himoyachi bo'lib, u ilgari himoyachi va hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynagan[12].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbal futbol assotsiatsiyasidagi oz sonli britaniyalik osiyoliklardan biri sifatida 2021-yilda Janubiy Osiyo merosi oyini qoʻllab-quvvatlash uchun FA kontent seriyasining bir qismi sifatida etirof etilgan[13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va go'llar statistikasi
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar
Manchester United U21 2021–22 3 1 3 1
2022–23 2 0 2 0
Jami 5 1 5 1
Manchester United 2021–22 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2022–23 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Umumiy faoliyat 0 0 0 0 0 0 1 0 5 1 6 1
Terma jamoa va yil bo'yicha o'yinlar va go'llar
Milliy terma jamoa Yil O'yinlar Go'llar
Iroq 2022 2 0
Jami 2 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Premier League clubs publish 2020/21 retained lists“. premierleague.com (2021-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  2. „Who is Zidane Iqbal? Manchester United teenager profiled after Champions League call-up“. manchestereveningnews.co.uk (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  3. Luckhurst. „Manchester United teenager Zidane Iqbal signs professional contract“. manchestereveningnews.co.uk (2021-yil 7-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  4. Kumari. „Sports: Pakistani-Origin Zidane Iqbal Signs Professional Contract with Manchester United“. britasia.tv (2021-yil 9-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  5. Stone, Simon. „Man Utd 1-1 Young Boys: Youthful United side held in final Champions League group game“. BBC Sport (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
  6. Varley. „Zidane Iqbal becomes Manchester United's first British South Asian player“. BBC Sport (2021-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  7. „Zidane Iqbal becomes first British South Asian to play in the UEFA Champions League“. skysports.com.
  8. „Zidane Iqbal: Manchester United youngster called up by Iraq“. BBC Sport (2022-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  9. „لاعب مانشستر يونايتد "زيدان إقبال" يتسلم الجواز العراقي“ (Arabic). shafaq.com (2021-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  10. Feliciano. „Manchester United video suggests Zidane Iqbal may be the next David Beckham in the making“. manchestereveningnews.co.uk (2021-yil 10-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  11. „مانشستر يونايتد يرفض التحاق زيدان بمنتخب الشباب“ (Arabic). ina.iq (2021-yil 10-iyun). 2021-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  12. „Zidane Iqbal Positions“ (en). FootballCritic. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  13. „A New Content Series will be Released to Support South Asian Heritage Month“. thefa.com (2021-yil 27-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.