Zhang Yaokun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Zhang Yaokun
张耀坤
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Yaokun
Tavallud sanasi 17-aprel 1981-yil (1981-04-17) (43 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—1998 Dalian Yiteng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2012 Dalian Shide 272 (16)
2005Sichuan Guancheng (Ijara) 26 (1)
2013—2016 Guangzhou R&F 113 (1)
2017—2018 Wuhan Zall 48 (1)
Milliy terma jamoa
2004—2009 Xitoy 39 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 3-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 31-oktyabr uchun)

Zhang Yaokun (talaffuzi: Chjan Yaokun) (1981-yil 17-aprelda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik futbolchi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Yaokun futbolchilik faoliyatini 1998-yilda Dalian Shide bilan boshlagan. Biroq, toʻpigʻi sinishi tufayli u jamoada oʻzini koʻrsatishga qiynalgan va uzoq muddatli jarohatini yengib oʻtgandan keyingina kuchli futbolchiga aylana boshlagan. Keyinchalik u himoya chizigʻining ajralmas aʼzosiga aylangan va 2001-yilgi mavsumda va 2002-yilgi mavsumda liga chempionlari hamda 2001-yilda Xitoy FA kubogida gʻalaba qozonishgan. Bu orqali Dalian Xitoy futbol klublari orasida ustunlikka ega boʻlgan[1]. Dalian 2004-yilgi mavsumni omadsiz oʻtkazganidan soʻng, Vladimir Petrovich yangi murabbiy sifatida kelgan va 2005-yilgi mavsumda Zhangni Sichuan Guanchengga ijaraga bergan. Zhang tezda oʻzini klubning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan[2]. Keyingi mavsumda u Dalianga qaytib kelgan va u jamoaning asosiy tanlangan oʻyinchisi boʻlib qolgan va ularning sardori bogʻichiga egalik qilgan.

2012-yil 18-dekabrda Zhang Xitoy Superligasining boshqa jamoasi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan[3]. U klubdagi debyutini 2013-yilning 9-martida Liaoning Whowinga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazgan. 2017-yilning 26-fevralida Zhang birinchi liga vakili Wuhan Zallga oʻtgan.

2018-yilning 12-noyabrida Zhang Yaokun Wuhan Zall jamoasini Xitoy Superligasiga muvaffaqiyatli koʻtarilishiga yordam bergandan soʻng professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini omma oldida eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Xitoy terma jamoasiga 2004-yilgi Osiyo Kubogiga chaqirilgan va u yerda bir necha bor zaxiradan maydonga tushgan. Zhang himoyada koʻplab pozitsiyalarni egallagan[4]. U 2007-yilgi OFK Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy tarib oʻyinchisiga aylangan. Zhang va Li Weifeng turnir davomida birinchi marotaba markaziy himoyachilar juftligini hosil qilishgan[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Xitoy Liga FA Kubogi CSL Kubogi Osiyo Boshqa Jami
1998 Dalian Shide Xitoy Jia-A Ligasi 3 0 0 - 0 0 0 3 0
1999 8 0 0 - 0 0 8 0
2000 0 0 0 0 - 1 - 0 0+1
2001 10 0 4 0 - 1 0 - 15 0
2002 27 0 1 0 - 3 0 2 0 33 0
2003 27 0 6 0 - 5 0 4 0 42 0
2004 Xitoy Super Ligasi 17 0 1 0 0 0 2 0 - 20 0
2005 Sichuan Guancheng 26 1 1 1 0 0 - - 27 2
2006 Dalian Shide 24 3 5 0 - 5 1 3 0 37 4
2007 25 4 - - - - 25 4
2008 26 4 - - - - 26 4
2009 26 1 - - - - 26 1
2010 26 1 - - - - 26 1
2011 26 1 1 0 - - - 27 1
2012 27 2 1 0 - - - 28 2
2013 Guangzhou R&F 28 0 2 0 - - - 30 0
2014 29 0 2 0 - - - 31 0
2015 30 0 2 0 - 7 0 - 39 0
2016 26 1 6 0 - - - 32 1
2017 Wuhan Zall Xitoy Birinchi Ligasi 26 1 0 0 - - - 26 1
2018 22 0 0 0 - - - 22 0
Karyerada jami 459 19 32 1 0 0 23 1+1 9 0 523 21+1

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Musobaqa
1 19.06.2005 Changsha, Xitoy  Kosta Rika 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2.06.2007 San-Xose, Amerika Qoʻshma Shtatlari  AQSh 1-4 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 28.10.2007 Kuala-Lumpur, Malayziya  Birma 4-0 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dalian Shide[6]

  • Xitoy Jia-A ligasi : 1998, 2000, 2001, 2002
  • Xitoy FA kubogi : 2001-yil
  • Xitoy FA Superkubogi : 2000, 2002

Wuhan Zall

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2018[7]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy terma jamoasi
  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2005-yil

Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2004-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Seven China Jia A Championships won by Dalian“. english.runsky.com (2004-yil 24-mart). 2009-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
  2. „张耀坤“. sodasoccer.com. 13-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
  3. „广州富力足球俱乐部与球员张耀坤正式签约“. Guangzhou R&F official website (2012-yil 18-dekabr). 2-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-dekabr.
  4. „Asian Nations Cup 2004 Final Tournament - Extended File“. rsssf.com (3-sep 2005-yil). 14-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
  5. „AFC Asian Cup 2007“. football-lineups.com (10-iyul 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
  6. „Zhang, Yaokun“. National-football-teams.com (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  7. „2018中甲联赛积分榜“. sports.sina.cn (2018-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.