Zeynep Çelik
| Zeynep Çelik | |
|---|---|
|
Zeynep Çelik 2019-yilgi Chempionatda | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Tavallud sanasi |
7-aprel 1996-yil Ağrı, Turkiya |
| Boʻyi | 168 cm (5 ft 6 in) |
| Vazni | 57 kg (126 lb) |
| Sport | |
| Mamlakat | Turkiya |
| Qaysi sport | para-dzyudo |
| Klubi | KocaeliBB Kağıt Spor |
| Murabbiy(lar)i | Ahmet Ömre Türe |
Zeynep Çelik (1996-yil 7-aprelda tugʻilgan)[1] – koʻzi ojizlar orasida judo boʻyicha jahon va Yevropa chempioni boʻlgan turk paralimpiyachisi[2].
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Çelikning boʻyi 168 cm (5 ft 6 in) va vazni 57 kg (126 lb). U Kocaeli BB Kağıt SK jamoasi aʼzosi boʻlib, murabbiyi Ahmet Ömre Türe hisoblanadi. Uning koʻrish qobiliyati B3 toifasiga kiradi[3].
Çelik 2015-yilda Portugaliyaning Odivelas shahrida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi IBSA Yevropa Judo Chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. 2017-yilda Buyuk Britaniyaning Walsall shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi IBSA Yevropa Judo Chempionatida[4], 2018-yilda esa Portugaliyaning Odivelas shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi IBSA Judo boʻyicha Jahon Chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[5]. 2021-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan IBSA Judo boʻyicha Jahon Gran-prisida u chap bilagidan jarohat olgan. U 2020-yilgi Tokio Paralimpiadasiga qatnashishdan oldin ikki yarim oy davolangan[6]. U 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar o'rtasida 57 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[7]. 2022-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan IBSA Judo boʻyicha Jahon Chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[8]. 2023-yilda Germaniyaning Heidelberg shahrida boʻlib oʻtgan IBSA Xalqaro Germaniya Ochiq Turnirida oltin medalga sazovor bo'lgan[9]. Niderlandiyaning Rotterdam shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Yevropa Para Chempionatida kumush medalga erishgan[10].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeynep Çelik 1996-yil 7-aprelda Turkiyaning sharqidagi Ağrı shahrida 15 farzandli oilada tugʻilgan[3][6]. Uning koʻrish qobiliyati cheklangan[6].
U Karaman shahridagi Karamanoğlu Mehmetbey Universitetining Sport fanlari fakultetida Sport murabbiyligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zeynep Çelik“. Tokyo 2020 Paralympics. The Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Zeynep Çelik“. JudoInside.com (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Zeynep Çelik“ (tr). TMPK.org.tr. Türkiye Milli Paralimpik Komitesi. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Görme Engelli Spor Dalları“ (tr). Türkiye Gençlik ve Spor. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Judoda Zeynep Çelik'ten altın madalya“ (tr) (2018-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „>etnep Çelik'in madalya secinci“ (tr) (2021-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ Houston, Michael. „Azerbaijan wins three golds on second day of judo at Tokyo 2020 Olympics“. InsideTheGames.biz (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ 8,0 8,1 „Zeynep Çelik, dünya şampiyonasından altın madalya ile döndü“ (tr) (2022-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Judo Milli Takımımız Almanya'da Madalyaları Yopladı“ (tr). Türkiye Görme Engelliler Spor Federasyonu. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Karamanlı Sporcu Zeynep Çelik Judoda Avrupa İkincisi Oldu“ (tr) (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Paralimpiya medali sovrindorlari haqida chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 7-aprelda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Paralimpiya medal sovrindorlari haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Turkiyalik nogiron sportchilar
- Parasport musobaqalari ishtirokchilari
- Turkiyalik ayol judochilar
- 21-asr turk ayol sportchilari
- Turkiya paralimpiya judochilari
- Koʻzi ojiz Paralimpiya sportchilari
- 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida judo
- 2020-yikgi Yozgi Paralimpiyada oʻyinlari medal sovrindorlari
- Yevropa Para Chempionati medal sovrindorlari