Zestaponi
Zestaponi ზესტაფონი | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
42°6′30″N 43°2′30″E / 42.10833°N 43.04167°E G OKoordinatalari: 42°6′30″N 43°2′30″E / 42.10833°N 43.04167°E G O | |
Aholisi (2014) |
20 814 |
Vaqt mintaqasi | UTCGeorgian Standard Time |
|
Zestafoni yoki Zestaponi (gruzincha: ზესტაფონი, Georgian pronunciation: [zestʼɑpʰoni]) — Gʻarbiy Jorjiyadagi Zestafoni tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Zestafoni Gruziyaning tarixiy qismi Imereti provinsiyasi tarkibiga kiruvchi Margveti markazidir. Zestafoni — Gruziya pravoslav cherkovining Margveti yeparxiyasining markazi boʻlgan. Zestafoni Kolxida platosining eng uzoq sharqida joylashgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1820-yillarda shaharchaga kazaklar qoʻshini joylashtirilgan edi. Lekin u orqali oʻtadigan daryo nomi bilan „Kvirila“ deb atalgan. Rossiya imperiyasi davrida shahar Kutaisi gubernatorligidagi Shorapani uyezdining maʼmuriy markazi hisoblangan. 1920-yillarda nom mashhur inqilobchi nomi bilan yaʼni „Jugeli“ ga oʻzgartirilgan. Faqat oz vaqt oʻtgach, shahar oʻzining tarixiy nomini qaytarib olgan[1].
Sport va madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozuvchi Boris Akunin va faylasuf Tengiz Tsereteli Zestafoni shahrida tug‘ilganlar[2]. Psixolog va faylasuf Dimitriy Uznadze 1886-yilda shu atrofdagi Sakara qishlogʻida tugʻilgan.[3] Mashhur gruzin aktyorlari Shalva Gambashidze, Ushangi Chxeidze, Sergo va Buxuti Zakariadzelar ham Zestafonida tug‘ilganlar. Kurash bo‘yicha jahon chempioni Mixail Saladze ham Zestafoni shahridan.
Taniqli shaxslari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Dimitriy Uznadze — psixolog
- Boris Akunin
- Shalva Dadiani
- Zaza Tavadze — Gruziya Konstitutsiyaviy sudining sobiq raisi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „History“. Football Club Zestafoni. 21-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2010-yil.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Collection of materials by Lenta.ru. Qaraldi: 26-noyabr 2009-yil. - ↑ Georgy Ketchuashvili2. „Dimitri Uznadze (1886–1950)“. PROSPECTS: the quarterly review of comparative education vol. 24, no.3/4, 1994, p. 687–701. UNESCO: International Bureau of Education. Qaraldi: 31-yanvar 2010-yil.