Zebzebona shoperey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Zebzebona shoperey"- afgʻon xalq ertagi. Bu ertak oʻta silsiladorligi jihatidan, „Ming bir kecha“ ertaklariga oʻxshaydi. Ertakda xalqning yuksak ertakchilik mahorati yaqqol sezilib turadi.koʻpgina ajoyib gʻaroyib voqealar bitishib-chatishib ketgan. Jumladan, bu ertakda juda koʻp gʻaroyib narsalar : uchar gilamlar, sehrli qalpoq, gijjak, zanjir, toʻqmoq va ular bilan bogʻliq syujetlar uchraydi. Ertakda bulardan tashqari yaxshi niyatli farishtalar yoki uchar devlar va jinlarni ham uchratamiz. Bosh qahramon choʻpondir. Choʻpon farishtalar podsholigining shohiga aylanadi.

Bu turkum ertaklar syujeti jihatidan arablardan tortib qozoq, qirg'izlar orasida ham keng tarqalgan. Hatto Markaziy Rosiya xalqlari orasida ham bunday sayor syujetlarni uchratish mumkin. Bu haqda "Milliy xindora"ning muallifi Muhammad Gul Nuriy ham ta'kidlab o'tgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻoniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti tarixi